O'qituvchi: Dedajanov Baxtiyor iqtisod fanlari nomzodi, dosent. Mavzu nomi: Nizo va stressni boshqarish Mashg’lot turi


Download 477.15 Kb.
bet37/37
Sana05.01.2022
Hajmi477.15 Kb.
#222690
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
11-мавзу

To’qqizinchi nasihat: ikki yuzlamalilik, munofiqlik, baxillikdan saqlaning. Yolg’onchi, tuhmatchi va chaqimchi bo’lmang. Va’dangazga vafo qiling, mehnatsevar, ishchan, g’ayratli va matonatli bo’ling. Odamlarni kuldirish uchun ma’nosiz adab, tarbiyaga xilof bo’lgan so’zlarni so’zlamang.

O’ninchi nasihat: aqilli odam o’zining kimligini, larajasini bilib, shunga qarab ish olib boradi. Yomonlikdan qayg’urib, yaxshilik uchun sevinish komil insonda topiladi. Molu-davlatingizni oilanigizni tarbiya etishda qizg’onmang.

O’n birinchi nasihat: gunoh unutilmaydi, ezgulik yo’lda qolmaydi. Har kim nima eksa shuni o’radi.

Sharqning mashhur hakimi va tabibi Abu Bakr Roziy alloma tabiblar, donolar va shogirdlari huzurida inson salomatligining sirlari haqida bahslashishni sevardi. Ana shunday bahslarning birida zukko bir tabib so’z olib bunday dedi:

Insondagi hamma kasalliklarni sababi shamollashdir. Shamollashdan saqlangan odam hech qachon dard ko’rmaydi.

Bir-ikki tabiblar ham uning fikrini ma’qullab: “To’g’ri, to’g’ri” deb qo’yishdi. Lekin Abu Bakr Roziy bu gapga e’tiroz bildirdi:

• Men bu fikrga qo’shilmayman, — dedi u boshini sarak-sarak qilib, — tumov bo’lish, shomollash, tomoq og’rig’i kabi dardlar hamma xastaliklarga sabab bo’lavermaydi. Zero, tumovni, shamollashni, tomoq og’rig’ini davolasa bo’ladi.

Insondagi ko’p xastaliklarga asab, ruhiyat, kayfiyat sabab bo’ladi. Asab yemirildimi, asab hujayrasi o’ldimi, uni tiklab bo’lmaydi.

— Asab a’zo-tanimizda nimalar bilan bog’liq? — so’radi zukko tabib Abu Bakr aytdi:

Inson asabi juda ham yuzaki, lekin qudrati juda ham zo’r. Asab tomirlarni bo’g’adi, ichki a’zolarni yemirilishiga olib keladi. Shuning uchun odamlar “Kuch-quvvatdan ketdim, asablarim tamom bo’l-di”, — deyishadi.

Yana bir hakimu hoziq so’radi:

• Asabni qanday qilib asrasa bo’ladi? Abu Bakr Roziy bunday deb javob berdi:

• Asabni saqlaydigan asosiy omil — tinchlik, xotirjamlik. Yemirilayotgan asabni yaxshi hordiq, shirin uyqu va samimiy kulgu saqlab qoladi. Tajang, jahldor va kuyinchak odamning asabi tez yemiriladi. Bunday odamlar o’zining ham, boshqalarning ham “etini” yeydi. Sabr-toqatli, mehr-muhabbatli, zo’r irodali odamlar, har qanday nafsini tiya olishga qudrati yetgan odamlarning asabi mustahkam bo’ladi.

Asab haqida ayrim mutafakkir, donolar quyidagi dil so’zlarini aytishgan.



D. Karnegi. Ayollar jozibasiga putur yetkazish va tez qaritishda asabiylik, bezovtalikka teng keladigan narsa yo’q. Undan istara so’nadi, jag’lar ichga tortib, yuzni ajin qoplaydi.

Suqrot. Asabni davolamay turib, badanni davolab bo’lmaydi.

I.M.Sarkizov-Serazini. Asabingizni bolalik chog’ingizdan boshlab ehtiyot qiling.

X. Gufeland. Odam umrini qisqa qiluvchi ta’sirlardan eng yaramasi — asabning buzilishi va nomatlub odatlar: g’am, tashvish, qo’rquv, zerikish, ko’z yoshi, ko’rolmaslik, g’animlikdir.

I.L.Danilevskiy. Ruhiy azob chekish kasallik keltiradi, azob-uqibatni og’irlashtiradi.

I.Sechenov Charchash belgilarining manbai muskullar ish faoliyatida deb tushunadilar, men esa faqat oliy asab sistemasida deb bilaman.

Amir Temur. Hech kimga g’azab bilan qattiq muomala qilmadim va hech bir ishda tanglik qilmadim, toki Tangri taoloning g’azabiga duchor bo’lmayin va ishimni buzib, holimni tang aylamasin deb.

Abu Rayhon Beruniy. Asabiylik, tarafkashlik, qiziqqonlik, hissiyotga berilib ketish, odamni aql bilan ish qilishdan chetlantiradi, to’g’ri yo’ldan og’diradi.

Shunday qilib, asabiy holatlar tizganida yashaydigan kishilar turli salbiy oqibatlar soyasida bo’ladilar.
Download 477.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling