2. O’ch olishga urinish qimmatga tushadi.
Gipertoniya bo’lgan bemorlarning aksariyati xafaqonlikdan og’rib qoladi. Ularning doimiy aziyat chekishi tufayli qon bosimi ko’tariladi. Yuragida og’riq paydo bo’ladi.
Qadimdan bir maqol bor: “Kimki xafa bo’lshini bilmasa tentak, kimki o’zini xafa bo’lishiga yo’l qo’ymasa, u donishmandir”.
Muxoliflardan qasd olishga urinish — bu kishining o’ziga qimmatga tushadi. Keling, yaxshisi, general Eyzenxauer qilgandek, o’zimiz yoqtirmaydigan kishilarga vaqt sarflamaylik.
3. Qanday qilsangiz minnatdan aziyat chekmaysnz?
Inson tabiati shunday, u tashakkur bildirishni unutib qo’yishi mumkin. SHuning uchun, biz agar har safar tashakkur eshitishga o’zimizni tayyorlab tursak, bosh og’riqni ko’proq orttirib olgan bo’lamiz. Biz quvnoq va baxtli bo’lishni istadikmi, keling, kimningdir rahmatini yoki minnatini o’ylamaylik. Kimgadir nimadir berganimizdan o’zimiz xursand bo’laveraylik.
Minnat xuddi yovvoyi o’t bo’lsa, minnatdorchilik atirguldir. Uni avaylash, sug’orish, sevib o’stirish lozim. Agar bizning bolalarimiz minnatdor bo’lishmasa, bunda kimni ayblash kerak, deb o’ylaysiz. Menimcha faqat o’zimizni.
Do'stlaringiz bilan baham: |