7. Qanday qilib ikki haftada tushkunlikdan forig’ bo’linadi.
Mashhur psixiatr Adler Alfred tushkunlikdan aziyat chekkan bemorlariga oddiygina qilib shunday der edi: “Siz o’zingiz davolanishingiz mumkin. Buning uchun har kuni kimnidir, nima bilandir shod qilshiingiz mumkinligini o’ylashga harakat qilishingiz va bu maslahatga rioya etishingiz darkor”. U har kuni yaxshilik qilishni tavsiya etardi.
Baxt va halovatta erishishning yetti qoidasi
1. Qoida. “Bizning fikrimiz qanday bo’lsa, hayotimiz shundaydir!” SHuning uchun ham fikringizni tinchlik, jasurlik, salomatlik, umid haqidagi o’y-xayollar bilan to’ldiring.
2. Qoida. Dushmaningizdan qasd olishga urinmang, aks holda Siz o’zingizga unga nisbatan ham ko’proq ziyon yetkazasiz. General Eyzen-xauerdek o’zingiz suymagan odamlar haqida bir daqiqa ham o’ylamang.
3. Qoida. 1. Kimnidir minnatdor bo’lmaganligidan ranjimasdan, buni oddiy hol deb hisoblaylik. Iisus Xristos o’n nafar moxovni davolaganda ulardan faqatgina bittasi tashakkur aytganini eslaylik. 2. Baxtga, shodlikka erishishning yagona yo’li minnatdorchilikni kutmay, qilgan yaxshiligingizdan qoniqshp hosil qilishdir
4. Qoida. Baxtsizligingizni emas balki barokatingizni, rohatingazni hisoblang.
5. Qoida. Boshqalarga taqlid qilmang. O’zingiz bilan bo’ling, chunki “hasad — bu johillik”, “taqlid — bu o’zini o’zi o’ldirishdir”.
6. Qoida. Agar taqdir Sizga limon ato etsa, Siz undan limonad qiling.
7. Qoida. Og’riq joylaringizni unutish uchun ozgini bo’lsa ham boshqalarga sevinch keltiring. Kimgaki yaxshilik qilar ekansiz, bilingki, bu bilan Siz eng avvalo o’zingizga yaxshilik olib kelgan bo’lasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |