Oltinchi nasihat: odamlar bilan orangizda adovat, ginaxonlik davom etayotgan bo’lsa, ularni bartaraf qilib, do’stlashing.
Ettinchi nasihat: odamlardan ayb axtarib yuruvchi bo’lmang, o’zaro kelisha olmay bir-biringizdan uzoqlashib ketmang, balki do’stlashing, bir oila a’zolari kabi bir-biringizga mehr-muhabbatli bo’ling. Zarurat bo’lmasa, birovdan hech narsa so’ramang, uning minnatini ko’tarib yurmang.
Sakkizinchi nasihat: aqlni biz insonlarga ulug’ hadya, uluk ne’mat deb biling, uni sof va komil ravishda asrashga e’tibor bering, ularni saqlash har kimning eng birinchi va sharafli burchi ekanini unutmang.
Do'stlaringiz bilan baham: |