6. Donolar asabiylik haqida
Rizouddin ibn Faxriddin xotirjamlikka chorlovchi 11 ta nasihatni qoldirgan.
Birinchi nasihat: odamlarning ko’ngillarini og’ritmang. Nodon va xiyonatchilarga siringizni aytmang, ular bilan kengashmang. Olim va fozillarga ergashing. Muruvvat ahllaridan qarzdor bo’lsangiz, va’da qilgan kuningizda topshiring. Qo’lingizdan kelgan xizmatni hech kimdan ayamang. Har kuni boshingizni yostiqqa qo’ygan vaqtingizda kun bo’yi qilgan ishlaringizni birma-bir ko’zdan kechiring, yaxshi ish qilgan bo’lsangiz, sevining, ma’nosiz ishlaringiz bo’lsa qayg’uring, tavba qiling. Ertasi kuni nima ishlar qilishingizni yaxshilab o’ylab bir qarorga keling, shu qaroringiz bo’yicha ish olib boring.
Do'stlaringiz bilan baham: |