4. Siz o’zingizda borini million dollarga almashtirgan bo’larmidingiz?
Ikkala ko’ziigizni million dollarga tuhfa qilarmidingiz? Oyoqlaringizni necha pulga sotardingiz? qo’llaringaznichi? Bolalaringizni, oilangiznichi? Hisoblab chiqsangiz, o’zingiz nimalarga ega ekanligingizni tushunib yetasiz. Bu boyliklaringizni Rokfeller, Fordov, Morganlarning oltinlarini hammasini bersa ham alishtirmas edingiz, to’g’rimi?
Biz esa mana shuning qadriga yetamizmi? Shopengauer aytganidek: “Biz o’zimizda borini juda kam o’ylaymiz. Nuqul yetishmayotgan narsalar haqida qayg’uramiz. Siz ham, biz ham o’zimizdan uyalishimiz kerak. Har kuni ertakdagidek go’zallik qo’ynida yashaymiz u, biroq bularni sezmaymiz. Agar g’am-tashvishsiz, to’laqonli hayotda yashashni boshlamoqchi bo’lsak, baxtsizligimizni emas, omadimizni, Xudoning marhamati, deb hisoblaylik.
5. O’zligingizni toping va o’z-o’znignz bilan bo’ling. Unutmang, yer yuzida xuddi Sizdek ikkinchi odam yo’q.
...Dunyo, insonning hayot tarzi eskicha bo’lganidek, istak ham o’z-o’zidan eskicha bo’lishi mumkin. Istamaslik esa asab tolalari va kompleksining qaysar jarayonidir. O’z aqli, tanasi qanday bo’lsa shunday bo’lishini emas, qandaydir boshqa kishi bo’lishga tashna baxtsiz odam yo’q. Tashvishlardan xotirjam bo’lishni istasangiz quyidagi gapga amal qiling: “Boshqalarga taqlid qilmang. O’zligingizni toping, yarating. O’z-o’zingiz bilan bo’ling”.
Do'stlaringiz bilan baham: |