O'qituvchi: Dedajanov Baxtiyor iqtisod fanlari nomzodi, dosent. Mavzu nomi: Nizo va stressni boshqarish Mashg’lot turi


Nizo, ularning kelib chiqish sabablari va turlari


Download 477.15 Kb.
bet2/37
Sana05.01.2022
Hajmi477.15 Kb.
#222690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
11-мавзу

1. Nizo, ularning kelib chiqish sabablari va turlari

O’zbek tilining izohli lug’atida nizo tushunchasi quyidagicha talqin qilinadi:

Nizo - bu o’zaro kelishmovchilik yoki qarama-qarshilik, dushmanlik, adovat orqasida tug’ilgan holat, munosabat; ixtilof, nifoq”.

Adovat, ixtilof, nifoq tufayli o’zaro janjallar sodir bo’ladi. Odamlar janjal haqida o’ylaganlarida dushmanlik, qo’rqitash, bosqinchilik, tortishuv kabi noxo’shliklarni nazarda tutishadi.



Boshqarish jarayonida nizo - bu rahbar, ishchi va boshqa xodimlar o’rtasida muayyan masalalarni hal qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir yechimga kela olmaganligi tufayli vujudga keladigan vaziyatdir.

Ishlab chiqarishdagi nizolar kishilar kayfiyatiga salbiy ta’sir qiladi va ularning ish qobiliyatini pasaytiradi, jamoadagi “ruhiy iqlim”ni yomonlashtiradi, kadrlar qo’nimsizligini ko’paytiradi. Shuning uchun bu masalalarga doimo e’tibor berish, mehnat jamoalarini boshqarishni, kadrlar turg’unligini ta’minlovchi shartlardan biridir. Ishlab chiqarishda nizoli vaziyatlar oldini olishning barcha imkoniyatlaridan foydalanish lozim.

Nizo qanday xarakterga ega bo’lmasin va u qay darajada katta bo’lmasin, barcha hollarda nizoning sabablari hamda uni vujudga keltirgan holatlar diqqat bilan tahlil qilinishi lozim. Rahbar har bir aniq vaziyatning tagiga adolat va ob’ektivlik bilan yetishi, tegishli xulosalar chiqarishi kerak.

Sotsiologlar tadqiqotlarining ko’rsatishicha, “ruhiy iqlim” yaxshi bo’lgan hamda intizom ancha yuqori bo’lgan joyda faqat iqtisodiy ko’rsatkichlar yuksak emas, balki nizolar ham anchagina kam, xodimlarning o’z mehnatidan katta qoniqish olayotgani ko’zga tashlanib turadi. Xodimlar noroziligi yuksak talabchanlik va ishlab chiqarishning ba’zi jihatlarini yaxshilash, bu bilan mehnat unumdorligini oshirish istagining natijasi sifatida ijobiy sabablarga ham ega bo’lishi mumkin.




Download 477.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling