Yopiq nizolar o’ta xavflidir. Bunday nizolarni asta-sekin, belgilangan fursatda portlaydigan minaga o’xshatsa bo’ladi. Agar nizo hali “etilmagan” yoki ularni odamlar nigohidan yashirilsa, boshqacha qilib aytganda nizo kishilar “ichida” bo’lsa, bilingki, bu nihoyat xavfli va uni boshqarish juda qiyin.
Yopiq nizolar ko’pincha fitna, ig’vo, hiyla-nayrang, fisq-fasod shaklida rivojlanish oqibatida vujudga keladi. Ular oraga nifoq solish, buzg’unchilikka qaratilgan bo’lib, yolg’on-yashiq, uydirma, bo’xton gaplar muxoliflar uchun asosiy qurol vazifasini bajaradi.
Ochiq nizolar ko’pincha nido, chaqiriq shaklida rivojlanishi oqibatida vujudga keladi. Ular ochiqdan-ochiq chaqiriq, tovush chiqarish, da’vat etishda o’z ifodasini topadi. Bunda bir guruh xodimlar o’zlariga qarama-qarshi bo’lgan rasmiy yoxud norasmiy guruhlarning manfaatini o’zining manfaati tomon burishga harakat qiladi.
Xarakteriga qarab nizolar ob’ektiv yoki sub’ektiv nizolarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |