O'qituvchi: Dedajanov Baxtiyor iqtisod fanlari nomzodi, dosent. Mavzu nomi: Nizo va stressni boshqarish Mashg’lot turi


Shaxs bilan guruh o’rtasidagi nizolar


Download 477.15 Kb.
bet6/37
Sana05.01.2022
Hajmi477.15 Kb.
#222690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
11-мавзу

Shaxs bilan guruh o’rtasidagi nizolar.

Aholida shaxsning guruh bilan to’qnashuvi ham alohida shaxs va guruh o’rtasidagi kelishmovchilik oqibatida bo’ladi. Masalan, mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish yo’llaridan biri uning narxini nisbatan pasaytirish yo’lidir. Bu masalani korxona majlisida muhokama qilish jarayonida bir guruh xodimdar bunday yo’l korxona zimmasiga yuklatilgan rejani bajarilishiga imkon berishini aytsa, boshqa bir xodim bunday yo’l mahsulot sifatining pasayishiga, uning ustiga-ustak hozirgi ishlab chiqarayotgan mahsulotning sifati shundoq ham raqobatdosh korxonalarda ishlab chiqarilayotgan aynan shunday turdagi mahsulot sifatidan past ekanligaga shama qilib, bu yo’lning noto’g’riligini isbotlamoqchi bo’ladi.

Bu yerda bir guruh xodimlarning fikri alohida xodimning fikriga mos tushmayapti. Bunday holat ham nizo kelib chiqishi uchun sabab bo’ladi.

Har bir ishlab chiqarish jamoasida xodimlarning o’zaro munosabati ikki tarkibiy doirada:

• formal (yoki rasmiy) va

• noformal (yoki norasmiy) doirada amalga oshadi. Formal guruh xodimlarning ishlab chiqarish va ijtimoiy faoliyatidagi ma’muriy jihatdan mustahkamlangan rasmiy aloqalarini ko’rsatib beradi. Formal guruh kishilarning lavozim burchlaridan kelib chiquvchi o’zaro munosabatlariga ko’ra belgilanadi.



Noformal guruh shaxsiy simpatiya va antipatiyalar asosidaga norasmiy munosabatlarni, manfaatlarning umumiyligani, xarakterlarnyng o’xshashligini, o’zaro bir-birini tushunishni ifodalaydi.

Har ikkala guruh doimo bir-biriga ta’sir qilib turadi va shu jarayonda nizoli holatlar ham vujudga kelib turadi (-chizma).

Prezident

Ishlab chiqarish bo’limi

Marketing bo’limi

Nizo


 


Download 477.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling