O'qituvchi: Dedajanov Baxtiyor iqtisod fanlari nomzodi, dosent. Mavzu nomi: Nizo va stressni boshqarish Mashg’lot turi


Download 477.15 Kb.
bet5/37
Sana05.01.2022
Hajmi477.15 Kb.
#222690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
11-мавзу

• nshlab chiqarishda:

• xodim bilan xodim o’rtasida;

• xodim bilan rahbar o’rtasida;

• rahbar bilan rahbar va hokazolar o’rtasida bo’lishi mumkin. Buni quyidagicha tasvirlash mumkin (-chizma).

Korxona

Shaxs


Shaxs

Nizo


 

Shaxslararo nizolar.

Shaxslar o’rtasidagi nizo ko’p hollarda ularning u yoki bu masalaga bo’lgan nuqtai nazarlarining mos tushmasligi, rahbarlar o’rtasida resurslarni taqsimlash, xodimlar bilan rahbar o’rtasida esa ish sharoitini qoniqarsizligi kabilar yuzasidan vujudga kelishi mumkin. Bir lavozimga ikki nomzod qo’yilganda ham shu turdagi nizolar kelib chiqish hollari bo’ladi.

Shaxslar to’qnashuvi ham shaxslararo nizo tufayli bo’lishi mumkin. Zero, har xil toifa, fe’ldagi odamlar hamma vaqt ham bir-birlarini tushunavermaydilar. Garchi bir ko’rinishda bizga shundoq tuyulsada, shaxslararo nizolarning 75-80 foizi moddiy manfaatdorlik zamirida sodir bo’ladi.

Shaxs bilan guruh o’rtasidagi nizolar, odatda ayrim shaxsning u yoki bu narsaga nisbatan bo’lgan fikrining yoki manfaatining guruh fikriga yoki manfaatiga mos tushmaslik oqibatida vujudga keladi. Aytaylik, biror oliygoh dotsenti o’zining asosiy ish joyidan tashqari pul topish maqsadida boshqa 2-3 joyda, shu jumladan, firmada ishlayotgani umumkafedra manfaatiga zid keladi. Chunki kafedra jamoasi uning shuncha joyda ishlab asosiy ish joyidagi ishni qotira olmay, o’lda-jo’lda ishlashidan manfaatdor emas. Bunday qarama-qarshi holat ular o’rtasida nizoning kelib chiqishiga sabab bo’ladi.

Xuddi shunday holat rahbarning biror-bir bo’lim xodimlariga nisbatan qo’llagan noo’rin jazosi rahbar bilan guruh o’rtasidagi to’qnashuvga olib kelishi mumkin (-chizma).

Korxona

Shaxs


Guruh

Nizo


 


Download 477.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling