To’rtnnchi nasihat: istagan narsangiz bo’lmay qolsa, qayg’urib, betoqat bo’lmang, sabr qiling. Kelgusi kunlaringizni o’ylang. Xoh to’g’ri, xoh noto’g’ri bo’lgan narsa uchun sira ham qasam ichmang. Ochiq joyda qilish uyat bo’ladigan ishlarni yashirin joyda ham qilmang.
Beshinchi nasihat: bir kishi uchun ikkinchi bir kishi bilan orangizni buzmang. Mabodo ular do’stlashib qolsalar, siz uyalib qolasiz. Go’zal ishlarni ko’rib turuvchi ko’zlar va yozib turuvchi qalamlar bordir. Aqlingiz — eng to’g’ri nasihatgo’y. Nodonlikdan boshqa dushmandan qo’rqmang. Ilm nurini buzuqlik suvi bilan o’chirmang. Odob-axloq kiyimidan boshqa go’zal kiyim topilmaydi, buni unutmang.
Do'stlaringiz bilan baham: |