Ikkinchi nasihat: do’st, dushman orasida yuz qizartiradigan ishlarni qilishdan hazar qiling, go’zal xulqli bo’lish bilan sharaf kasb eting. To’g’ri yo’ldan bir qarich ham ayrilmang. Adabsiz, tarbiyasiz bilan oshna bo’lsangiz, ular Sizni o’z yo’llariga tortadilar, darajangizdan tushiradilar. Omonatlaringizga xiyonat qiladilar, sirlaringizni fosh etadilar.
Uchinchi nasihat: boshqalarning ayblarini ko’rgan vaqtingizda o’z ayblaringizni ham tushining, o’z aybini ko’rgan kishi boshqalarning aybi bilan shug’ullanmaydi. Yolg’onchilik bilan shuhratlanmang, hammaning nazaridan qolasiz. Har kimning darajasini biling. Bilmagan narsangazni bilmayman deyishdan uyalmang. O’zingizga kerak bo’lmagan so’zlarga aralashmang.
Do'stlaringiz bilan baham: |