O`qituvchi nutqi madaniyati fanining predmeti va uning vazifalari. Reja


Download 86.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana19.01.2023
Hajmi86.26 Kb.
#1102492
1   2   3
Bog'liq
1-mavzu nutq madaniyati

3. Nutq faoliyati haqida tushuncha 
Insonning nutqiy faoliyati uch ko`rinishda amalga oshiriladi. Bular: so`zlash, 
mutoalaa va eshitish. 
So`zlash deganda so`zlovchining ma’lumot, maslahat berishi, buyurishi, 
o`ziga na’molum narsalar haqida so’rashi anglashiladi. So`zlaganda so`zlovchining 
bilimi, madaniyati, ahloqi, odobi yuzaga chiqadi. 
So`zlash monologik va dialogik ko`rinishda bo’lishi mumkin. Monologik 
nutqda bir kishining mulohazalari qarshi savollarsiz yoki javoblarsiz yuzaga 
chiqadi, suhbatdosh tomonidan bo’linmaydi.
Dialogik nutqda muloqat qiluvchi shaxslar navbat bilan goh tinglovchi, goh 
so`zlovchi bo’lib turadi. 


Mutoalaa o’quvchining yozma nutq orqali asar muallifi, obrazlari bilan 
muloqatidir. Mutoalla tufayli o’quvchi yozma nutqda aks etgan voqyea-
hodisalardan xabardor bo’ladi. Ular ta’sirida xulqida qandaydir o`zgarish bo’ladi. 
Mutoalla ma’lumot olishning eng muhim yo’lidir. Kishi o’qish orqali ma’noviy 
yetuklikka erisha boradi. 
O’quvchilarga ta’lim va tarbiya berishda o’qituchining nutqi ishi bilan 
teppa-teng ahamiyatga ega. Zotan o`qituvchi mutaxasislikka oid ishning yirik 
bo’lagini nutqi orqali amalga oshiradi. Shuning uchun uning nutqi hamma vaqt 
g’oyaviy yuksak, ravon, yumshoq, dilkash bo’lishi lozim. Nutqda va ishda 
subutsizlik o`qituvchi uchun noloyiqdir. Har bir nutq bolalarning yosh 
xususiyatlarini, bilimi va tushunchasini nazarda tutib tuzilishi shart. Shu bilan 
birga, o`qituvchining nutqi yosh avlod ko`z oldida uni o’rab olgan moddiy va 
ma’naviy dunyoning yangi qirralarini ochib berishni maqsad qilib qo’yadi. Demak, 
o`qituvchining nutqi ta’lim-tarbiya berishning asosidir. 
O`qituvchining nutqi iloji boricha sodda, jozibador, ta’sirchan tuzilishi 
lozim. Har qanday bilim va tarbiya, asosan, o`qituvchining dars hamda darsdan 
tashqari kundalik nutqi orqali berib boriladi. Nutqda u qanday shaklda bo’lmasin 
bizning qadriyatlarimiz qattiq hurmat qilinishi lozim. 
Pedagogik nutqiy muloqatning o`ziga xosligi o`qituvchining hamma yerda
har qanday sharoitda ham tarbiyachi ekanligi bilan xarakterlanadi. Pedagogik o`z 
tarbiyalanuvchilari bilan ko`proq auditoriyada, darsda nazariy muloqatda bo’ladi. 
Uning nutqi ilmimy-pedagogik mazmun kasb etadi. Bunday vaqtda ilmning turli 
sohalariga xos qoidalar, atamalar, xulosalar aks etadi. Bunday nutqda har bir narsa 
o`z o’rnida, me’yorda bo’ladi. Atamalarga, yangi so`zlarga berilgan izohlar sodda, 
o’quvchi hazm qiladigan sintaktik qurilmalarda berilishi shart. Qoida va 
nazariyalar hayotiy, o’quvchiga yaqin misollar bilan tushuntiriladi. 


Polilog. Ikkidan ortiq kishilarning nutqidan tuzilgan suhbat polilogdir. 
Polilog hamma til xususiyatlari jihatidan diologning o`zidir. So`zlovchi o’rtaga 
tashlagan muammoga birdan ortiq ishtirokchi o`z fikrlarini bildirishi mumkin. 
O`qituvchi sinfda og`zaki nutqning turli shakllaridan foydalanadi. Quyi 
sinflarda ko`proq nutqning diolog va palilog shakli o`rinlidir. Chunki suhbat usuli 
shunga asoslanadi. Monologik nutqdan o`qituvchi hikoya, tasvir, ta’rif, tavsif 
haraktiridagi mavzularni bayon etishda foydalanadi. Monologik nutq tarix, 
adabiyot darslari uchun xos bo’lganidek, diologik nutq ona tili, matematika 
darslarida qo’l keladi. O`qituvchi har bir darsda og`zaki nutqning hamma 
shakllaridan foydalanishi lozim. 
O`qituvchi o’quvchilarga o’rganilayotgan mavzu va material to`la yetib 
borishi, ularning xulqiga ta’sir etishini ko`zda tutgan holda aytilayotganlarga mos 
harakatlar ham qiladi: Masalan, ko`z, qosh, qo’l, yuz, bosh, kift harakatlarini ishga 
soladi. Bunday harakatlar tasdiqni, inkorni yoki mamunlikni va hakozalarni 
ifodalashi mumkin. Harakat o`z o’rnida bo’lsa, yoqimli kechsa foyda keltiradi. 
Ammo hadeb o`rinli-o`rinsiz harakatlar qila berish o’quvchini zeriktiradi. 

Download 86.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling