O‘qituvchi nutqi madaniyati
Nutqning maqsadga muvofiqligi
Download 456.03 Kb.
|
nutq. majmua 23
Nutqning maqsadga muvofiqligi
Ma’lumki, so‘zlovchi tomonidan rejalashtirilgan yoki vaziyatga qarab so‘zlanadigan nutq ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ya’ni so‘zlovchi aniq maqsad va manfaatni ko‘zlab, til vositalaridan foydalanadi. Adabiy til me’yorlariga amal qilib so‘zlangan nutq to‘g‘ri, aniq, toza, mantiqiy, ta’sirchan, demak, maqsadga muvofiq nutq sanaladi. Tadqiqotchilarning fikrlariga asoslanib, «Nutq faoliyatida muallif o‘z oldiga qo‘ygan maqsadni eng aniq, eng to‘g‘ri, eng yaxshi, eng ta’sirchan, eng tushunarli qilib ifodalaydigan so‘zlarni, so‘z birikmalarni, gaplarni topishga, tanlashga intiladi. Bu vositalarni yaxlit qilib, «maqsadga muvofiqlik» deb belgilash mumkin»33. Xullas, yaxshi nutq so‘zlovchi va yozuvchidan savodxon-likni, katta mehnatni talab qiladigan murakkab jarayon-dir. Umuman, nutq aniq va ravon, grammatik jihatdan to‘g‘ri shakllangan bo‘lishi va orfoepik talablar darajasida talaffuz etilishi, boshdan oxirigacha izchil bayon qilinishi lozim bo‘ladi. Ana shunday nutqgina tinglovchi va o‘quvchi qalbiga borib yetadi. Shunday nutqgina madaniy nutq talablariga javob beradi. Buning uchun esa yozuvchi va omma oldiga chiqib nutq so‘zlaydigan kishidan tinimsiz izlanish va o‘z ustida ishlash, muttasil nutqiy mashq talab qilinadi. Nutq odobi insonning axloqini belgilovchi mezondir. Axloq fan sifatida o‘rta asrlarda yuzaga keldi. Kishining odobi, eng avvalo uning nutqida ko‘rinadi. Nutq odobi – aytilishi zarur bo‘lgan xabarlarni tinglovchiga hurmat qilgan holda, bilish, chunki ularni bilmaslik aniqlikning buzilishiga olib keladi: Paronimlarni bilish, ulardan tovush yaqinliklariga e’tibor berish; tor muhitda ishlatiladigan dialektalizm so‘zlarning ma’nolari yaxshi anglatgan holda nutqqa kiritish. O‘qituvchi o‘z nutqidan keng foydalanadi. O‘quvchilarga voqea hodisalar, shaxslar haqida ma’lumot berishda bu katta ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchilik kasbi bevosita ovoz xususiyatlari bilan bog‘liq, yoqimli va jarangdor ovozga ega bo‘lgan o‘qituvchi o‘z o‘quvchilariga ovozining shiradorligi bilan ham ta’sir etadi. Bunday muvaffaqiyatga erishish uchun o‘qituvchi o‘z ovozini kuchini, yoqimliligini bilishi zarur. O‘qituvchining ovozidan quyidagi xususiyatlar bo‘lishi lozim. - jarangdorlik (tovushning tozaligi va tembrning yorqinligi); Asarlarning ayrim parchalari darsda hikoya qilib beriladi. Hikoya qilib berishda voqealar batafsil yoki ma’lum qisqartirishlar bilan bayon etilishi mumkin. Nutq texnikasi deyilganda nutqni tinglovchi yoki o‘quvchiga yetkazishda qo‘llanadigan vositalar tushuniladi. Nutq ikki xil ko‘rinishda bo‘lganda uni texnikasini ham ikki xil ko‘rsatish mumkin: Download 456.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling