O‘qituvchi nutqi madaniyati


Download 456.03 Kb.
bet15/27
Sana02.06.2024
Hajmi456.03 Kb.
#1836628
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
Bog'liq
nutq. majmua 23

Nutqning aniqligi
Aniqlik ham nutqning asosiy kommunikativ sifat-laridan biridir. Agar to‘g‘rilik nutqning yuzaga kelishida faqat til omili, zaruriy belgisi sifatida qaralsa, nutqning aniqligi deyilganda uning shakllanishiga xizmat qiladigan, tildan tashqarida bo‘lgan omillarni ham nazarda tutish lozim bo‘ladi. Bunda dastlab til va tafakkur munosabati turadi. Chunki tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalar o‘rtasidagi mutanosiblik va uning nutqda aks etishi ana shu aniqlikning xuddi o‘zidir.
O‘zbek tilining aloqa vazifasi doirasida yozuvchilik va jurnalistlik faoliyatida, o‘qish-o‘qitish jarayonida, millat vakillarining kundalik muloqot jarayonida bunday kamchiliklar uchrab turibdi. Tildagi bu nuqsonni V.V.Vinogradov ham o‘z vaqtida qayd qilgan edi: «…uchinchi keng tarqalgan stilistik kasallik – bu so‘zning voqyelikka mos kelmasligidir, so‘zning predmetdan uzilib qolishi – bu buzilish, hatto ba’zan uning predmet (asosiy) ma’nosini yo‘q qilishdir. Bu kasallik tasvirlanayotgan hayot bilan tanish bo‘lmaslikdan, yozuvchilar o‘zlari chizayotgan narsa va hodisalarni yaxshi bilmasligidan kelib chiqadi».
Shunday qilib, aniqlik – bu so‘zning o‘zi ifodalayotgan voqyelikka mos va muvofiq kelishidir.
Aniqlikni boshqacha tushunish ham mumkin. Bu so‘z va uning ko‘pchilik tomonidan qabul qilingan ma’nosi hamda uning nutqda qo‘llanishi bilan muvofiq kelishidir.
Ko‘rinadiki, aniqlik nutqning asosiy xususiyati sifatida, eng avvalo, til tizimidagi leksik daraja bilan bog‘lanadi. «Nutq aniqligi» atamasi ostida voqyelik va uning tildagi ifodasi bo‘lgan leksik birlik – so‘zlar o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlik anglashiladi.
Til birliklaridan sinonimlar namunaviy nutqning ќosil bo‘lishiga ko‘proq xizmat qiladi. Chunki ular mazmunan bir-birlariga yaqin bo‘lsa ham, ma’no qirra-lariga ko‘ra farqlanadi. Ana shu qirralardagi farqlar ularni tanlab ishlatish imkoniyatini beradi. Masalan, aniq, ochiq, yaqqol, ravshan, yorqin, oydin, ayon sinonim-larini olib ko‘raylik. Garchi ular umumiy ma’noda bir sinonimik qatorni tashkil qilishsa ham, birining o‘rnida ikkinchisini qo‘llash hamma vaqt mumkin bo‘lavermaydi. Aniq eshitdim deyish to‘g‘ri bo‘lgani holda oydin eshitdim deyish mumkin emas, hamma narsa ayon, hamma narsa ravshan, hamma narsa aniq, hamma narsa oydin deyish mumkin bo‘lgani holda hamma narsa yorqin deb bo‘lmaydi. Chunki asosan aniq eshitishga, ochiq va oydin tushunishga, yaqqol va yorqin ko‘rish va eshitishga, ravshan ko‘rish va tushunishga xos23.
Aniqlikni vazifaviy uslublar doirasida tushunish ham o‘ziga xos. Masalan, u so‘zlashuv uslubida vaziyatga bog‘liq bo‘ladi. Rasmiy uslubda esa u tildagi tayyor, љolip holidagi so‘z va iboralardan foydalanishni taqozo qiladi. Ilmiy uslubda atama va uning ifodalanish aniqligi asosiy o‘rinda turadi. Publisistik va badiiy uslublarda esa so‘z va iboralar faqatgina badiiy-estetik vazifani bajarishdan tashqari yozuvchining g‘oyaviy maqsadi uchun xizmat qilishi lozim bo‘ladi.
So‘z qo‘llash aniqligining chegarasini belgilash birmuncha murakkab ish bo‘lib, u tilni yaxshi bilishni va uning vazifaviy uslublar doirasida qo‘llanish imkoniyat-larini o‘rganishni taqozo qiladi.
Tadqiqotchilar aniq nutq yaratish uchun so‘zlovchidan quyidagilar talab etilishini qayd qilishgan:
«a) tilning sinonimik imkoniyatlarini bilish va sinonimik qatorlardan kerakligini ajratib, nutqda qo‘llash;
b) nutqda ishlatiladigan so‘zning anglatgan ma’nolari-ni har tomonlama bilish;
v) so‘zning ko‘p ma’noliligiga jiddiy e’tibor berish, ko‘p ma’noli so‘z nutqda qo‘llanganda uning qaysi ma’no qirrasi ko‘zda tutilayotganini aniq tasavvur qilish; fikr-ning yuzaga chiqishida bu so‘zning boshqa ma’no qirralari monelik qilish-qilmasligini ko‘z oldiga keltirish;
g) omonimlarning xususiyatlarini bilish, chunki ular-ni bilmaslik aniqlikning buzilishiga olib keladi;
d) paronimlarni bilish, ulardagi tovush yaqinlik-lariga e’tibor berish;
ye) tor muhitda ishlatiladigan, chetdan kirgan, kasb-hunarga oid, arxaik, eskirgan, dialektizm so‘zlarning ma’nolarini yaxshi anglagan holda nutqqa kiritish»24.



Download 456.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling