O‘qituvchi nutqi madaniyati
Download 456.03 Kb.
|
nutq. majmua 23
Nutqning ta’sirchanligi
Nutqning ta’sirchanligi deganda, asosan og‘zaki nutq jarayoni nazarda tutiladi va shuning uchun uning tinglovchi tomonidan qabul qilinishidagi ruhiy vaziyatni e’tiborga olish ham muhim sanaladi. Ya’ni notiq auditoriyani hisobga olishi – ularning bilim daraja-sidan yoshigacha, hatto nutq ijro etilayotgan paytdagi kayfiyatigacha kuzatib turilishi, nutqning tinglovchilar tomonidan qabul qilinishi nazorat qilib borilishi lozim bo‘ladi. Malakali bilimga ega bo‘lgan kishilar oldida jo‘n, sodda tilda gapirish maqsadga muvofiq bo‘lmagani kabi, oddiy, yetarli darajada ma’lumotga ega bo‘lmagan auditoriya oldida ham ilmiy va rasmiy tilda gapirishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Xullas, notiqdan vaziyatga qarab ish tutish talab qilinadi. Va butun diqqat-e’tibor ifodalamoqchi bo‘lgan fikrni to‘laligicha tinglovchilarga yetkazish vazifa qilib qo‘yiladi. Tinglovchining e’tiborini qozongan nutqgina ta’sir-chan nutq hisoblanishi mumkin. Buning uchun, yuqorida ta’kidlanganidek, suhbat mavzusini yaxshi bilishdan tashqari, uni bayon etishning aniq rejasi ham bo‘lishi zarur. Nutqdagi fikrlarni birinchi va ikkinchi darajali tarzda tuzib, ularni o‘zaro bog‘lab, tinglovchilarga avval nutq rejasini tushuntirib, shundan keyingina gapni boshlash lozim. So‘zlovchining o‘z nutqiga munosabati ham muhim. Shunday bo‘lgandagina quruq rasmiyatchilikdan qochish mumkin bo‘ladi. So‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasida samimiyat paydo bo‘ladi. Notiq fikrlarini o‘zi yoki auditoriyadagi kishilar hayotidan olingan misollar asosida isbotlashga harakat qilsa, mavzuga doir subektiv mulohazalarini bildirsa, nutq yana ham ishonarli va ta’sirli chiqadi. «Nutq so‘zlash amaliyoti sohasidagi mutaxassislar notiq o‘z maqsadiga erishishi uchun nutq madaniyati qoidalariga rioya etishi, kerakli o‘rinlarda pauza qilishi, "e-e-e", "hm-hm-hm" kabi keraksizlarni hadeb talaffuz qilmasligi, qo‘llarini cho‘ntakka solmasligi va shu kabilar haqida ko‘p yozishadi»30. «Xo‘sh, shunday ekan, notiqlik va muloqot san’ati borasidagi an’anaviy qoida va tavsiyalarga rioya etish kerakmi yoki kerak emasmi? Ularni o‘rganishdan naf bormi? Albatta, kerak va naf bor. Faqat nutq muvaf-faqiyati notiq shaxsi, uning ichki dunyosi, fikr bilan so‘zning uyg‘unligiga bog‘liq ekanligini unutmaslik lozim. Auditoriyani alohida ta’sirchan ritorik vositalar emas, balki fikrlaringiz bilan yuz-qiyofangiz ifodasining muvofiqligi, nihoyat, tinglovchilar bilan muloqotingiz-ning faolligi darajasi ko‘proq inontiradi. Boshqa so‘zlar bilan aytganda, haqiqatda nutqning ta’sirchanligini bu omillarning o‘zaro muvofiqlashtirilgan jamlamasi ta’minlaydi. Zero, so‘z (verbal vosita) va tana harakatida (noverbal vosita) o‘z ifodasini topadigan notiq xatti-harakati uning shaxsini belgilovchi va ichki qoida va ti-zimlarga bo‘ysunuvchi ichki jarayonlarning natijasidir». «Notiqning auditoriya oldiga har qanday chiqishi ma’lum axborotni uzatish, o‘z fikr va g‘oyalarini tinglovchilar ongiga yetkazishdan iborat. Ularni qabul qilish, tushunish esa tinglovchining hayotiy tajribasiga, ehtiyojlari va qiziqishlariga, istak va kayfiyatiga bog‘liq. Uzatilayotgan axborotning tinglovchi tomondan qabul qilinishi bir qator subyektiv faktorlarga bog‘liq. Avvalo, bu - tinglovchining eshitishga va axborotni qabul qilishga ichki tayyorgarligi, moyilligi. Ichki tayyorlikka, mayliga qarab kishi o‘ziga yetkazilayotgan axborotga salbiy yoki ijobiy munosabat bildiradi, uning ongi va his-tuyg‘ulari faolligi oshadi yoki susayadi». «Ba’zan shunday bo‘ladiki, mazmunan boy, shaklan qiziq ma’ruza ham tinglovchilarda chuqur qiziqish uyg‘otmaydi. Sababi shundaki, odamlarning diqqatini jalb etish, ma’ruza yoki suhbatga qiziqtirish uchun haq gaplarni, aniq dalillarni izchillik bilan bayon etishning o‘zi kifoya qilmaydi. Tinglovchilarni eshitishga ruhan tayyorlash zarur, ya’ni ularni tor nuqtai nazarlari doirasidan chiqarish kerak bo‘ladi. Tinglovchini o‘z nuqtai nazari doirasidan chiqarish-ning vositalaridan biri - inson tafakkuriga xos bo‘lgan axborotni assosiyali o‘zlashtirish qobiliyatidan foyda-lanishdir. Notiq tinglovchilarga ma’lum bo‘lgan voqyea-hodisa, faktlardan oqilona foydalansa, ularning hayotiy tajribasi, bilimlariga tayansa, ularda ko‘tarilgan muam-molarni tushunishga moyillik uyg‘otishi osonlashadi. Notiq bilan auditoriya o‘rtasida muloqot o‘rnatili-shiga tinglovchilar psixologiyasining ayrim xususiyatlari ham ta’sir qiladi. Ba’zan o‘z sohasini yaxshi bilgan mutaxassis ham auditoriya oldida o‘zini yo‘qotib qo‘yadi, natijada tinglovchilar ham, nutq so‘zlovchi ham qoniqish his qilmaydilar. Sababi shundaki, har qanday auditoriya notiqqa alohida talablar bilan yondoshadi va ma’lum ma’noda unga ruhiy ta’sir o‘tkazadi. Notiqda tinglovchilar yetakchini ko‘radilar va notiq tashabbusni qo‘ldan bermasligi, qanchalik hayajonlanma-sin, tinglovchilar oldida o‘zini dadil tutishi, qat’iy ovoz bilan gapirishi kerak». Tinglovchiga emosional ta’sir o‘tkazishga muvaffaq bo‘lish esa notiqning yutug‘i hisoblanadi. Bu haqda mashhur rus notig‘i prof. V.O.Klyuchkovskiy shunday degan edi: «Jamoat orasida gapirganimizda tinglovchilarning qulog‘iga, aqliga murojaat qilmang, shundoq gapiringki, ular sizni tinglab turib, so‘zlaringizni eshitsin, pred-metlarni siz bilan ko‘rib, sizning holatingizga kirish-sin. Tinglovchilar sizning tasviringizsiz ham aqli, yuragi, fikri bilan shu predmetni yaxshiroq kuzatadi. Nutqda fikrni rivojlantira borib, dastlab uning sxemasini tinglovchining aqliga yetkazish, keyin uning tasavvuriga yaqqol taqqoslarni taqdim etish kerak, nihoyat chiroyli lirik tasvirlar bilan ehtiyotkorona uni tinglovchining yuragiga jo qiling, o‘shanda tinglovchi – asiringiz qochib ketmaydi, hatto siz uni erkin qo‘yib yuborsangiz ham sizning abadiy itoatgo‘y mijozingiz bo‘lib qoladi»31. Nutqning tinglovchilarga qanday ta’sir qilishida va ularda qanday taassurot qoldirishida notiqning nutqiy jarayon davomida o‘zini qanday tuta bilishi, jest va mimikalari, hatto kiyinishi kabi omillarning ham ahamiyati bor. Samimiylik, xushmuomalalik, odoblilik, auditoriyaga hurmat bilan qarash kabi fazilatlar nutq-ning tinglovchilar tomonidan e’tibor bilan tinglanishi-ga sabab bo‘ladi. «Qadimgi dunyoning mashhur notig‘i Demosfen ham notiqlik san’atida imo-ishoraning roliga juda yuksak baho bergan edi. Demosfendan yaxshi nutqqa nima kerak, deb so‘raganlarida: u: «Imo-ishora, imo-ishora va imo-ishora! – deb javob bergan edi. Nutq ta’sirchanligini oshrish uchun qilinadigan imo-ishora va boshqa xatti-harakatlar me’yorida bo‘lishi kerak»32. Nutqning ta’sirchanligi, ifodaliligi haqidagi gap, ma’lum ma’noda, nutq sifatlari haqida aytilgan mulo-hazalarga yakun yasashdir. Chunki yaxshi nutqning fazilat-larini ko‘rsatib o‘tish, nutqda uchraydigan ayrim tipik xatolarni tahlil qilish pirovard natijada ta’sirchan bir nutqni shakllantirishga xizmat qiladi. Download 456.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling