O‘qituvchi nutqi madaniyati


Download 456.03 Kb.
bet25/27
Sana02.06.2024
Hajmi456.03 Kb.
#1836628
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
nutq. majmua 23

Tasvir - nutqda ifodalangan narsa yoki hodisani maxsus til vositalari orqali harakatlash, uning xususiyatlarini, sifatlarini ko’rsatish usuli tasvir deyiladi. Tasvir fikr yuritiladigan shaxs, narsa yoki voqea-hodisani tinglovchi tasavvurida yorqin shakllantirish uchun ishlatiladi. (Misollar beriladi.)
Hikoya qilish. Bo’lib o’tgan va yuz beradigan voqea-hodisalarni batafsil so’zlash hikoya qilish hisoblanadi. Kichik hajmdagi nasriy asarlar, katta asarlarning ayrim parchalari darsda hikoya qilib beriladi. Hikoya qilishda voqealar batafsil yoki ma`lum qisqartishlar bilan bayon etilishi mumkin. Bunda har bir narsa va hodisa o’z nomi, sifatlari bilan bayon etiladi.
Mulohaza. Ko’zatilgan, eshitilgan yoki o’qilgan narsalar ustida fikrlash, uning turli tomonlarini ko’z oldiga keltirish mulohaza hisoblanadi. Kishi mulohaza orqali yuz bergan bergan voqealar haqidagi haqiqatni topa oladi. Buning uchun mulohaza tugri, ilmiy asosda bo’lishi lozim.“ Narsalarning haqiqatini bilish faqat farosat yo’li bilan amalga oshadi” (Ibn Sino).
Yuqoridagilarning barchasi o’qituvchi ish faoliyatiga bog’lanadi.
Fikrni og’zaki bayon etganda o’qituvchi suhbat, muhokama, munozara usullaridan foydalanadi.
Suhbat. Ma`lum bir mavzu yuzasidan dialog tarzida ikki yoki bir necha kishi o’rtasida bo’lib o’tgan nutqiy muloqot suhbat deyiladi. Suhbatning xususiyati shuki, suhbatdoshlar bir-birlariga savol beradilar va savollarga javob qaytaradilar. Bu suhbat ma`ruzadan farq qiladi. Ma`ruza monologik nutqdir.
Muhokama. - Ma`lum bir masala yuzasidan ko’pchilikni fikrini to’plashni, ma`lum to’xtamlarga kelishni anglatadi.
Munozara. - Biror masala yuzasidan taraflarning baxsini, tortishuvini anglatadi. Baxs jarayonida har bir ishtirokchi o’zining haq ekanligini isbotlashga intiladi.
Notiqona so’zlash. Aytilayotgan fikrning tinglovchiga etib borishi va uning xulqiga ta`sir etishi notiqning so’zlash mahoratiga bog’liqdir. Notiqona nutqni maqsadi va xususiyatlariga ko’ra tashvikiy, tanqidiy, tabrik nutqlariga ajratish mumkin.
Tashvikiy nutq deb muallif ko’zda tutgan biron voqea-hodisani bajarishga tiinglovchilarni da`vat etuvchi, undovchi nutqqa aytiladi. Tashvikiy nutqda xalq xayotidan, tarixidan, odat, udumlardan va barcha vositalardan foydalanish yaxshi natija beradi.

Download 456.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling