6. Mubolag‘a (yoki giperbola) uslubiy vosita bo‘lib, ifodalangan tushunchaning ko‘pirtirib, orttirilib tasvirlanishidir. Mubolag‘a xalq dostonlarida, ertaklarda, aytishuv va loflarda faol ishlatiladi: To‘qson molning terisidan kavushi... (“Alpomish” dostonidan)
7. Sifatlash (yoki epitet) narsa, shaxs, hodisalarning belgisini ifodalash vositasidir. Bu vazifada tilimizdagi belgi bildiruvchi so‘z turkumlari (asosan, sifatlar) qo‘llanadi: Zolim jallod, bilmaganim bildirgin... (“Kuntug‘mish” dostonidan)
Fonetik uslubiyat
1. Nutq tovushlarining uslubiy xususiyatlari
1) asir, devon kabi so‘zlardagi tovushlarning noto‘g‘ri (asr, divan kabi) talaffuz qilinishi oqibatida nutqda tushunmovchilik yuzaga keladi.
2) –da, -va, -qa (yoki -q) kabi bo‘g‘inlardan keyin yana shunday tovushlar bilan boshlanadigan so‘zlarni keltirish nutqiy g‘alizlikni keltirib chiqaradi: So‘zlarning gapda qo‘llanishi va vazifalari...
2. Urg‘uning uslubiy xususiyatlari
So‘z urg‘usining ko‘chishi shu so‘z ma’nosini o‘zgartirishi mumkin: yangi’ kiyim (sifat) - я́ngi damlandi (ravish). Gapda ohangning o‘zgarishi ham yangi uslubiy mazmun paydo bo‘lishiga olib keladi: Siz ahmoq odam emassiz jumlasida ahmoq so‘zidan keyin to‘xtam (pauza) qilinsa, fikr qaratilgan shaxsning ham ahmoq, ham odam emasligi ifodalanishi mumkin: Siz ahmoq, odam emassiz.Yoki Sen eshak aravaga minib keldingmi?gapida eshak arava so‘zini bir bosh urg‘u bilan talaffuz qilinsa, vosita ma’nosi anglashiladi, agar eshak so‘zidan keyin pauza qilinsa, so‘z undalmaga aylanib, haqorat ma’nosi ifodalanadi. Odam bo‘l, otang kabi axmoq bo‘lma gapida ham shunga o‘xshash holni ko‘rish mumkin.
Morfologik uslubiyat
Ot turkumiga xos uslubiy xususiyatlar
Do'stlaringiz bilan baham: |