O‘qituvchi nutqi mutolaa san’ati fanidan


Kelishik qo‘shimchalarining uslubiy xususiyatlari


Download 0.71 Mb.
bet23/32
Sana16.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1511447
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32
Bog'liq
O\'NM ma\'ruza matn

1. Kelishik qo‘shimchalarining uslubiy xususiyatlari.
Kelishik qo‘shimchalari o‘zaro almashib qo‘llanishi mumkin:
1) ni va dan qo‘shimchalari almashib qo‘llanishi mumkin: Qani, oshdan (ni) oling, mehmon.
2) ni va ga qo‘shimchalari almashib qo‘llanishi mumkin: Gapingizga (gapingizni) tushunmadim.
3) ni va da qo‘shimchalari almashib qo‘llanishi mumkin: Dalani (da) aylandim.
4) –ning va –dan qo‘shimchalari almashib qo‘llanishi mumkin: kelganlarning biri – kelganlardan biri.
5) kelishik qo‘shimchalari va ko‘makchilar almashib qo‘llanadi:
a) ga qo‘shimchasi o‘rnida uchun ko‘makchisi qo‘llanadi: Ukamga oldim – Ukam uchun oldim.
b) da qo‘shimchasi o‘rnida bilan ko‘makchisi qo‘llanadi: Xatni qalamda yozdi – Xatni qalam bilan yozdi.
v) dan qo‘shimchasi o‘rnida orqali ko‘makchisi qo‘llanadi: Xabarni radiodan eshitdik – Xabarni radio orqali eshitdik.
g) ni qo‘shimchasi o‘rnida haqida ko‘makchisi qo‘llanadi: Akasi kelganini gapirdi – Akasi kelgani haqida gapirdi.
2. Egalik qo‘shimchalarining uslubiy xususiyatlari.
1) otlarda qo‘llangan egalik qo‘shimchasi qaratqich kelishigi qo‘shimchasining mavjudligini, qaratqich kelishigi qo‘shimchasi esa egalik qo‘shimchasining mavjudligini ko‘rsatib turadi: maktab hovlisi, bizning maktab.
2) egalik (qarashlilik ma’nosi) –niki qo‘shimchasi yordamida ham ifodalanishi ham mumkin, faqat bu qo‘shimcha shaxs-son ko‘rsatmaydi: Bizning maktab – maktab bizniki.
3) qaratqichli birikmalarda shaxs almashib qo‘llanishi ham mumkin: Mening uyim shu yerda – Kaminaning uyi shu yerda.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling