O‘qituvchi nutqi mutolaa san’ati fanidan


Ot yasovchi qo‘shimchalarning uslubiy xususiyatlari


Download 0.71 Mb.
bet24/32
Sana16.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1511447
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32
Bog'liq
O\'NM ma\'ruza matn

3. Ot yasovchi qo‘shimchalarning uslubiy xususiyatlari. Bu qo‘shimchalar orasida o‘zaro sinonim bo‘lgan qo‘shimchalar ham uchraydi: adabiyotshunos – adabiyotchi, mehnatkash – mehnatchi. Doirachi – doirakash,
Sifat turkumiga xos uslubiy xususiyatlar
1. Sifatlardagi qiyosiy darajani yasovchi –roq qo‘shimchasi o‘rnida -mtir, -imtil, -ish qo‘shimchalari qo‘llanishi mumkin: ko‘kroq – ko‘kish, qoraroq – qoramtir, sariq-sarg‘imtil.
2. Sifat yasovchi qo‘shimchalar orasida sinonimlik hodisasi ko‘plab uchraydi: aybdor – aybli, serg‘ayrat – g‘ayratli, chopqir – chopag‘on, beg‘ubor – g‘uborsiz, bama’ni – ma’nili. gapdon – gapchil, dardmand - dardchil

3. Bu qo‘shimchalar orasida antonimlik hodisasi ham uchraydi: suvli – suvsiz.




Olmosh turkumiga xos uslubiy xususiyatlar
1. U, bu, shu olmoshlari o‘rnida bir so‘zi (yoki bir xil so‘zlari) qo‘llanadi: Bir (shunday) chamanki, atrofida bulbullar giryon. Bir xil (shunday) odamlar tushunmaydi.
2. Men olmoshi o‘rnida kamina so‘zi, siz o‘rnida o‘zlari so‘zi qo‘llanadi: Bu ishda kaminaning zarracha tajribasi yo‘q. Siz va’da bergan edingiz – O‘zlari va’da bergan edilar.
3. Ilmiy ishlarda, rasmiy hujjatlarda, yig‘ilishlarda men olmoshining o‘rnida biz olmoshi ishlatiladi: Bizning (mening) bu ilmiy ishimizda ko‘rsatish olmoshlarining xususiyatlari haqida so‘z yuritiladi.
4. Hurmatni ifodalash uchun sen olmoshi o‘rnida siz olmoshi ishlatiladi. Siz bugun kelasizmi? Aksincha hurmatsizlikni ifodalash uchun esa sen olmoshiga ko‘plik qo‘shimchasi qo‘shiladi: Senlar buni tushunmaysanlar.
5. Ko‘rsatish olmoshlari ta’kidlash, ajratish ma’nolarini ifodalaydi: Kitob – bu dono maslahatchi.



Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling