O‘qituvchi nutqi mutolaa san’ati fanidan
Download 0.71 Mb.
|
O\'NM ma\'ruza matn
Sinekdoxa. Sinekdoxa narsalarning son yoki butun va qismlari orasidagi munosabat nazarda tutiladi (birga anglamoq, qo'shib fahmlamoq). Ba'zi shevalarda bizni uyga (hovlimizga) keling, deyish o'rniga bizni eshikka keling deydilar. Bu gapda eshik sinekdoxadir.Lahjaviy unsur sifatida bunday hodisa ba'zan badiiy asar tilida ham uchrab qoladi. «Eshikka kiring, aka, choy-non ichib keting» S.Ahmad «Ufq».Sinekdoxaning ko'rinishlari:
1. Butun o'rnida qism: Og'zaki nutqda ba'zan kishilarni chaqirayotganda ularni ism yoki familiyalarini aytmasdan, biror ajralib turgan belgisiga qarab qorni katta bo'lsa, «Ey qorin», kallasi juda katta bo'lsa «Ey kalla», soqol qo'ygan bo'lsa, «Ey, soqol» tarzida murojaat qilishlarga duch kelamiz. Bunda ana shu aytilgan qism orqali kishi yoki uning ismi tushuniladi. Misollar: Kalning nimasi bor – temirdan tarog'i bor (Maqol). Kallik belgisi kishining soch to'kilgan qismiga nisbatan. 2. Qism o'rnida butun. Ilgarilari «pivo» so'zi umuman ichimlik ma'nosini anglatgan, hozir esa u ichimlikning bir turini anglatadi. Bunga jins va tur munosabati tarzida ham qaralishi mumkin. 3. Ko'plik o'rnida birlikni ishlatish: Sotuvchi, haridor bilan xushmuomalada bo'ladi (og'zaki nutqdan). Aybni Ahmad qiladi, kaltakni Rahmat yeydi. 4. Jins o'rnida tur: Pushka o'rnida kurol, bedana o'rnida qush, sazan o'rnida baliq so'zlarini ishlatilishi bunga misol bo'la oladi. Mubolag'a va kichraytirish: Mubolag'a orttirib, bo'rttirib ko'rsatish, mahovat qilish ma'nosini bildiradi. Ayrim adabiyotlarda bu atama o'rnida giperbola atamasi ham ishlatiladi. Kichraytirish deb narsa va hodisalarni o'z holatiga nisbatan haddan tashqari kichraytirib tasvirlanishiga aytiladi. Ba'zi lisoniy adabiyotlarda «kichraytirish» o'rnida litota (grekcha, soddalik demak) atamasidan foydalanilsa, boshqalarida metozis terminining ishlatilganligini ko'ramiz. Klassik adabiyotimizda bu san'at tarifiy deb yuritilgan. Mubolag'ada biror narsa, uning belgi va xususiyati oshirilib ko'rsatilsa, litotada uning aksi yuz beradi, har ikkalasi ham ko'chma ma'noga asoslanadi. Lekin tropning boshqa turlaridagi ko'chma ma'no asosida qandaydir o'xshatish, qiyos yoki boshqa biror narsa, voqea-hodisa tushunilsa, moslikni talab qiladi.Kichraytirish: «Bu so'zning ma'nosi shu qadar teran, Dengizlar bir xo'plam uning qoshida». Uyg'un «Tinchlik kuylari». Qadimgi adabiyotimizda mubolag'a badiiy mahorat, asar uchun zaruriy fazilat sanalgan. Shu sababli shoirlar ham mubolag'aga ko'p murojaat qilganlar, hatto ba'zan uni oshirib ham yuborganlar. Behad kuchaytirilgan, bo'rttirilgan mubolag'a ifrat yoki ibrak deyiladi. Mubolag'a haqiqatga ma'lum darajada mos kelishi kerak, aks holda badiiy bo'yoq yo'qoladi, o'quvchida ishonchsizlik hosil qiladi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling