O‘qituvchi nutqi mutolaa san’ati fanidan


Download 0.71 Mb.
bet20/32
Sana16.06.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1511447
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32
Bog'liq
O\'NM ma\'ruza matn

Leksik uslubiyat


1. Omonimlarning uslubiy xususiyatlari. Nutqda omonimlardan foydalangan holda turli so‘z o‘yinlari hosil qilinadi: Qo‘lingdan kelgancha chiqar yaxshi ot, Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot, Nasihatim yod qilib ol, farzandim, Yolg‘iz yursa chang chiqarmas yaxshi ot. Bu o‘rinda ot omonim so‘zlari turlicha ma’nolarni ifodalayapti. Omonim so‘zlardan foydalangan holda so‘z o‘yinlarini yaratish tajnis (jinos) san’ati deyiladi. Badiiy adabiyotda shu badiiy san’at qo‘llanib yaratilgan to‘rt qator she’r esa tuyuq deb ataladi.
2.Sinonimlarning uslubiy xususiyatlari. Sinonimlarni qo‘llashda hissiy-ta’siriy bo‘yoq mavjudligi jihatidan farqlanadi: yuz, aft, bashara, bet, chehra, jamol, ruxsor, diydor sinonimik qatoridagi yuz so‘zi ma’nosi betaraf so‘z bo‘lsa, bet, aft so‘zlari salbiy bo‘yoqqa ega, bashara so‘zida esa salbiy bo‘yoq yanada kuchli, turq so‘zida bashara so‘ziga nisbatan ham kuchliroqdir; chehra ijobiy bo‘yoqqa ega, jamol so‘zida bu bo‘yoq yanada kuchli. Shuningdek, sinonimlarning ishlatilish doirasi chegaralangan yoki chegaralanmagan bo‘lishi mumkin: keksa, qari, oqsoqol, nuroniy, mo‘ysafid sinonimik qatoridagi qari so‘zining ishlatilish doirasi keng, qolganlariniki esa chegaralangan. Sinonimlarni o‘rinsiz ishlatish oqibatida turli uslubiy xatolar kelib chiqadi: Buldozer ko‘chamizda yiqilay deb turgan devorlarni bir chekkaga surib yo‘l ochar edi gapida yiqilay so‘zi noo‘rin qo‘llangan, chunki bu so‘z odamlarga nisbatan ishlatiladi; bu gapda devorga nisbatan qulamoq so‘zi ishlatilishi kerak edi.
3. Antonimlarning uslubiy xususiyatlari. Antonimlardan to‘g‘ri foydalana olmaslik ham uslubiy xatoliklarni keltirib chiqaradi: Choyxona mudiri Yusufjon Nozimov turmushning issiq-chuchugini totigan kishiga o‘xshaydi. Bu gapdagi issiq-chuchugini juftligi o‘rnida achchiq-chuchugini juftligi ishlatilishi kerak edi. Antonimlardan foydalangan holda yaratiladigan badiiy san’at tazod (antiteza) deb ataladi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling