O‘qituvchi: T. Yandasheva

Download 125.56 Kb.
bet3/8
Sana25.06.2023
Hajmi125.56 Kb.
#1654628
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bibizaynab. O\'zbek tili tarixi

Mustaqil so‘zlar borliqdagi turli hodisalarni bildiradi (predmet, belgi, harakat va h.k.), demak, har bir mustaqil so‘zning o‘z ma’nosi bor; gapning biror bo‘lagi vazifasida qo‘llanadi; ayrim hollarda mustaqil so‘z gapni hosil qiladi; yasalish, turlanish, tuslanish kabi xususiyatlarga ega. Binobarin, mustaqil so‘zlar leksik va grammatik ma’nolarga ega bo‘lib, matnda ishlatilish o‘rniga qarab o‘zgarib turadi.

Mustaqil so‘zlar ot, sifat, son, olmosh, fe’l, ravish; yordamchi so‘zlar esa ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama, undov va modal so‘zlardan tashkil topadi. Mustaqil so‘z turkumlariga kiruvchi so‘zlar kelishik affikslarini oladi, shaxs-son affikslari bilan tuslanadi, zamon, mayl, daraja affikslarini qabul qiladi. Shu xususiyatlari bilan yordamchi so‘z turkumlaridan farq qiladi. Yordamchi so‘z turkumlarida ana shunday xususiyat yo‘q. Yordamchi so‘zlar mustaqil so‘zlarni bog‘lashga va qo‘shimcha ma’no ifodalashga xizmat qiladi.

OT

  • OT
  • So‘z turkumlari orasida ot kategoriyasi o‘zining semantik, morfologik va sintaktik xususiyatlari bilan til qurilishida salmoqli o‘rin tutadi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi ot turkumiga oid so‘zlar uzoq tarixga ega. Ular jamiyat taraqqiyoti va xalq turmushdagi o‘zgarishlarga mos ravishda tilning ichki imkoniyatlari yordamida rivojlangan. Buni ko‘hna obidalar til xususiyatlarini kuzatish chog‘ida ham ko‘rish mumkin.Qadimgi turkiy tilda ot turkumiga kiruvchi so‘zlar ko‘p bo‘lib, semantik tomondan hozirgi turkiy tillardagi singari xususiyatlarga ega. Qadimgi turkiy tilda ot turkumiga mansub so‘zlar kishi nomlari - antroponim (Bilga qağan), zoonim - hayvon nomlari (qoy, bars, böri), jism nomlari (sub), qavm-qarindosh (qaŋ), astroponim (Ud, Ay) larni ifodalaydi.

Download 125.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling