O‘qituvchi: T. Yandasheva
Ko‘k turk manbalarida ot yasalishining analitik shakli ham amal qilgan: bitigtaš “yodgorlik”, sübašï “sarkarda, lashkarboshi”, kün ortu “Janub”, tün ortu “Shimol”
Download 125.56 Kb.
|
Bibizaynab. O\'zbek tili tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Otlarda jins
Ko‘k turk manbalarida ot yasalishining analitik shakli ham amal qilgan: bitigtaš “yodgorlik”, sübašï “sarkarda, lashkarboshi”, kün ortu “Janub”, tün ortu “Shimol”.
Otlarda jinsOtlarda jinsTurkiy tillarda rod kategoriyasi yo‘q, lekin jins bor. Jins inson va boshqa jonzodlarga xos. Jinsning grammatik ko‘rsatkichi (qo‘shimchasi) yo‘q. So‘zning ma’nosiga qarab kishi yo jonzodning jinsini ajratish mumkin. Insonlarda “erkak va xotin (ayol)”, hayvonlarda “erkagi - urg‘ochisi, qushlarda “nari va modasi”, parrandalarda “xo‘rozi va makiyoni” deyiladi. Tilimizda yana har birining o‘z oti bor. Sudraluvchilar, hasharotlar va suv hayvonlarining harakati, qiliqlariga qarab, ularning jinsini aniqlash mumkin bo‘lsa-da, ularga ot qo‘yilmagan: “erkagi yo urg‘ochisi” deb qo‘ya qolamiz.Qadimgi turkiy tilda iŋän – tuyaning urg‘ochisi. Mahmud Koshg‘ariy bunga misol qilib shunday maqol keltirgan: İŋän iŋräsä, botu bozlar. – Ingan (ya’ni urg‘ochi tuya) ingrasa, bo‘tu (ya’ni erkak tuya) bo‘zlaydi (MK.I.142). Urg‘ochi tuyaning boshqa bir oti - tetir (MK.I.342). Erkak tuyani esa buğra deyilgan. Mahmud Koshg‘ariyning yozishicha, Buğraxan ismi ham shundan olingan (MK.I.397).
Download 125.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling