O‘qituvchi


Download 0.96 Mb.
bet115/180
Sana02.01.2022
Hajmi0.96 Mb.
#200515
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   180
Bog'liq
O‘qituvchi

5-topshiriq. Matnni o‘qing va topshiriqlarni bajaring.

Odob gulshani

Bir donishmand odamlarga shunday o‘gitlar beribdi:

– Hayotning quyidagi bo‘stonlari bo‘ladi: birinchisi – ilm bo‘stoni, ikkinchisi – xushmuomalalik bo‘stoni, uchinchisi – ixlos bo‘stoni, to‘rtinchsi – kamtarlik bo‘stoni, beshinchsi – saxovat bo‘stoni, oltinchsi – rizo bo‘stoni, yettinchsi – umid bo‘stoni.

Agar inson ravnaq topay desa, avvalo, ilm bo‘stoniga kiradi va u yerda nodonlik va johillikni yo‘qotadi. So‘ng muomala bo‘stoniga kiradi va bu bo‘stonda adovat va hasad tikanlarini yo‘qotadi. So‘ng ixlos bo‘stoniga kiradi va bu bo‘stonni yolg‘on va gumondan tozalaydi. So‘ng kamtarlik bo‘stoniga kiradi va bu bo‘stonda takabburlik va mag‘rurlik bo‘lsa, ularni yo‘qotadi. Undan so‘ng rizo bo‘stoniga kiradi va bu bo‘stonda manmanlik va qaysarlik bor bo‘lsa, bo‘stonni ulardan holi qiladi. So‘ng umid bo‘stoniga kiradi va bu bo‘stondan umidsizlik va tushkunlikni bartaraf etadi. Shundagina inson ma’naviy boy insonga aylanadi.


Topshiriqlar.

1. Matndan odob-axloq ma’nosini ifodalovchi so‘zlar va gaplarni aniqlang,Ularning har biri qanday ma’no ifodalashini tushuntiring.

2. Qaysi so‘z ko‘p ishlatilgan? Uni qaysi so‘z bilan almashtirish mumkin?

3. Matnni o‘qigach, siz qanday xulosaga keldingiz? Fikringizni yozing.


F) Baholash

Uyga vazifa.

Matndan foydalanib, ushbu gaplarni davom ettiring. Gaplardagi bog‘lovchi vositalarni ko‘rsating.



  1. Agar inson ravnaq topay desa, ... .

  2. Agar kamtarlik bo‘stonida takabburlik va mag‘rurlik bo‘lsa, ... .

  3. ... , inson ma’naviy boy insonga aylanadi.

  4. Kimki hayotning ushbu bo‘stonlaridan o‘tsa, ... .



O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: _______________________________________

Sana: Sinf:10


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling