O‘qituvchi
Download 0.96 Mb.
|
O‘qituvchi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-topshiriq.
- Bilib oling!
- Uyga vazifa.
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,… Darsning borishi: A) Tashkiliy qism. Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat B) O‘tilganlarni mustahkamlash. Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi. S) Yangi mavzu. 4-topshiriq. Matnni o‘qing. Rivoyat haqida o‘z fikringizni ayting. Hayotda shunday voqealarga duch kelganmisiz? Savollar tuzing. Buloq(rivoyat) Balandda, tog‘-u toshlar orasida buloq ko‘z ochdi. Suvi tip-tiniq, muzdek, shabnamday toza. U bu yorug‘ dunyoga chiqish uchun qanchalar kurashdi, metindek tog‘lar bag‘rini yorib o‘tib, niyatiga yetdi. Quyoshni ko‘rdi. Buloq suvining niyati – ona yerni quchish, odamlar mehriga to‘yish. O‘ziday musaffo qalbli bolalarning sho‘xligiga sherik bo‘lish, buvi va bobolarning ko‘zlariga nur bag‘ishlash, ularning yuzlarini siypalash edi. Ammo… Yo‘lda to‘siqqa duch keldi. Jilg‘a bo‘ldi. So‘ngra shalolaga aylandi. Bundan xursand edi. Izlagan yaxshi odamlarini topdi. Ular buloq suvini avaylashdi, miriqib ichishdi, bog‘larini sug‘orishdi, ko‘zalariga to‘ldirib e’zozlashdi. Afsus, uning bu quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi. Dunyoda har xil odamlar bor ekan. Biri uning suviga e’tibor bersa, biri qadriga yetmadi, har tomonga bo‘lib yubordi. Yo‘lda nimalar qo‘shilmadi unga, bilmadi. Rangi o‘zgardi. Tikanaklar, xascho‘plar qalbini pora-pora qildi. Bunga ham chidadi. Yana kimlardir mashinasini ham yuvdi. Buloq suvi bulg‘andi, ko‘lmakka aylandi, oxiri kerak bo‘lmay qoldi. U odamlarning befarqligiga achindi va rangi sarg‘aydi…
Bilib oling! Qo‘shma gap turlarining o‘zaro ma’nodosh bo‘lib qo‘llanishi nutqning boyligidir. Bu sintaktik sinonimiya deb ataladi va bir fikrni turli vositalar orqali ifodalashga yordam beradi. 4-mashq. Berilgan maqollarni namunadagi jadvalga joylashtiring. Qaysi gaplar ma’nodosh shakllarda qo‘llanib kela oladi? Bog‘lanish vositalarini ko‘rsating. Namuna:
Halol mehnat – yaxshi odat, berur senga saodat. Yaxshidan ot qoladi, yomondan – dod. Yaxshi bo‘lsang, yasharsan, nasibangni osharsan. Yaxshilikni qil -yashir, yaxshilikni – ko‘r, oshir. Yaxshidan bog‘ qolar, yomondan – dog‘. Do‘st do‘stni kulfatda sinar, odam odamni – mehnatda. D)Mustahkamlash 5-mashq. Matnni o‘qing. Gaplarning turlari va bog‘lanish vositalarini aniqlang. Har yili bahorda maktabimizda tez-tez hashar o‘tkaziladi. Bunda maktabimiz bog‘iga turli mevali daraxt ko‘chatlari ekiladi, oqlanadi, ariqlar tozalanadi. Bunday ishlarni odatda o‘g‘il bolalar bajaradilar, qizlar esa maktab hovlisini va binoning ichini tozalaydilar. Deraza oynalarini, javonlarni, partalarni artadilar, gullarga suv quyadilar. Maktab atrofi ham supurib tozalanadi. F)Baholash Uyga vazifa. Dam olish kunida quyida berilgan ish turlaridan qaysilarini bajarishingiz, oyingiz yoki dadangizga qanday yordam berishingiz haqida matn tuzing: Uylarni yig‘ishtirdim. Hovli va ko‘chani supurdim. Ko‘chamizdagi ariqlarni tozalashga qarashdim. Ovqat pishirishga va kir yuvishga yordam berdim. Buvam bilan buvimlarni ko‘rib keldim. Buvimning uylarini yig‘ishtirib keldim. Dadam bilan ro‘zg‘or uchun bozor qilib kelishga qarashdim. Ukamga qarab turdim. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling