O‘qituvchi
Darsning turi: yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi
Download 0.96 Mb.
|
O‘qituvchi
- Bu sahifa navigatsiya:
- B) O‘tilganlarni mustahkamlash.
Darsning turi: yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchiDarsning usuli:Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…Darsning borishi:A) Tashkiliy qism.Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbatB) O‘tilganlarni mustahkamlash.Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi.S) Yangi mavzu.1-topshiriq. Berilgan rasm asosida zamonaviy uylar, yaratilayotgan bog‘lar haqida suhbatlashing 2-topshiriq. Matnni o‘qing va mazmunini so‘zlab bering. Hunarning xosiyati Qadim zamonda bir hunarmand odam bor ekan. U ertalabdan kechgacha tinmay mehnat qilar, taq-tuq qilib, egar-jabduq yasar, ertasiga o‘sha mahsulotini sotib, bola-chaqasini boqar ekan. Oilasi nihoyatda ahil, hamjihat bo‘lib yashar, boriga sabr-u qanoat qilib, kun kechirar ekan. Ularning nihoyatda boy qo‘shnisi bor ekan. Qo‘shnisi ularning ahilligini ko‘ra olmas, taqir-tuqur joniga tekkan ekan. Bir kuni boy kambag‘al qo‘shnisinikiga chiqib shunday debdi: — Agar egar-jabduq yasaydigan asbob-u dastgohingni menga bersang, buning evaziga senga bir qop oltin berar edim. Kambag‘al qo‘shni bir qop oltinning daragini eshitib, darrov rozi bo‘libdi: — Mayli, ola qoling. Kun bo‘yi ishlab charchayapman. Jonimga tegdi bu dastgohlar. Kunlar o‘taveribdi. Kambag‘al qo‘shni nihoyatda ozib ketibdi. U kechasi yaxshi uxlay olmas, yarim kechada dir-dir titrab, o‘rnidan turar, oltinlarni hali u yerga, hali bu yerga berkitar, bezovta hayot kechirar ekan. Oqibat shunday bo‘libdiki, kasalga chalinib qolibdi. Oxiri oltinlarni boyga qaytarib, o‘z asbob-dastgohini qaytarib olibdi. Ko‘p o‘tmay, kambag‘al tuzalib ketibdi, yana uning uyidan taq-tuq ovozlari eshitiladigan bo‘libdi. Kambag‘al o‘z hunari bilan oilasini betashvish boqa boshlabdi Bilib oling! Zidlik, sabab, shart, payt ma’nosi nutqda bog‘lovchisiz, bog‘langan va ergashgan qo‘shma gaplar vositasida ifodalanishi mumkin. Shu bois bunday gaplar bir-biriga ma’nodosh bo‘lib qo‘llana oladi Masalan: Bir kishi ariq qaziydi, ming kishi suv ichadi. – Bog‘lovchisiz qo‘shma gap. Bir kishi ariq qaziydi va ming kishi suv ichadi. – Bog‘langan qo‘shma gap. Bir kishi ariq qazisa, ming kishi suv ichadi. – Ergashgan qo‘shma gap. 1-mashq. Maqollarni o‘qing, mazmunini tushuntiring. Tuzilishiga ko‘ra qanday gap ekanligi va bog‘lanish vositalarini ayting. 1. Mehnat – mehnatning tagi rohat. 2. Daryo suvini bahor toshirar, odam qadrini mehnat oshirar. 3. Mehnat qilib topganing, qand-u asal totganing. 4. Mehnat qilsang yasharsan, katta-katta oshar san. 5. Mehnatdan topilgan nondan aziz narsa yo‘q. 6. Mehnatda topishgan do‘st ajralmas do‘st bo‘ladi. 7. Birlashgan o‘zar – birlashmagan to‘zar. 2-mashq. Berilgan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni bog‘langan yoki ergashgan qo‘shma gaplarga aylantirib ko‘chiring. 1. Qor yog‘di – don yog‘di. 2. Ayrilganni ayiq yer, bo‘linganni bo‘ri yer. 3. Yurgan daryo, o‘tirgan bo‘yra. 4. Yurt tinch, sen tinch. 5. Ota-onang – davlating, o‘g‘ilqizing – savlating. 6. Yaxshi o‘g‘il – el obro‘si, yaxshi qiz – uy obro‘si. D) Mustahkamlash
3-topshiriq. She’rni ifodali o‘qing. Mazmunini so‘zlab bering. QarzBobo, buvim aytmoqchi,Hech tinchimas ekansiz. Charchab qolaman demay, Muncha ko‘chat ekasiz? Vaqtu fursat g‘animatQarzimdan qutulayin. Bog‘ qoldirib o‘zimdan So‘ng xotirjam bo‘layin. Qarz? Kimdan qarzdorsiz? Odamlardan, toychog‘im Axir mening ham senday O‘tgan bolalik chog‘im. Bobolar ekib ketgan Mevalardan yeganman. Ko‘rmasam ham ularni Suyib rahmat deganman. Mendan ham bolalarga Yodgor bo‘lib bog‘ qolsa. Qarzimdan qutulaman Undan el bahra olsa. Sultonmurod Hojiboyev F) Baholash Uyga vazifa. She’rni yod oling. Siz mahallangizda, ko‘changizda o‘tkaziladigan hasharlarda nima ishlar qilishingiz haqida yozing. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling