O‘qituvchi
Download 0.96 Mb.
|
O‘qituvchi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiy o‘qish 5-topshiriq
- Uyga vazifa.
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,… Darsning borishi: A) Tashkiliy qism. Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat B) O‘tilganlarni mustahkamlash. Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi. S) Yangi mavzu. Adabiy o‘qish 5-topshiriq Matnni o‘qing, berilgan savollar asosida o‘zaro suhbatlashing. Atlas qadimiy va milliy matolardan biridir Har bir xalqning o‘z milliy urf-odatlari, an’analari bo‘lgani kabi o‘zbek xalqining ham minglab asrlarga mansub milliy urf-odatlari, an’ana-yu madaniyati bor. Xalqimizning milliyligi uning yurish-turishida, kiyinishida ham namoyon bo‘ladi. Biz milliy matolarimiz to‘g‘risida ma’lumot berishni joiz deb topdik. Milliy matolarga atlas, adras, beqasam kabi bir-biridan bejirim, serjilo matolar kiradi. Atlas O‘zbekistonda keng tarqalgan ayollar libosidir, bu libos ipakdan tayyorlanadi. O‘zbekistonda ipakchilik rivojlanganligi uchun atlas deyarli hamma viloyatlarda kiyiladi. Bu libosga har xil shakllar berib bezashadi. Bu esa o‘zbek ayollarini yanada jozibali qiladi. O‘zbekistonda eng mashhur atlas Marg‘ilon shahrida to‘qiladi. Bu matolardan turli dizaynda liboslar tikiladi. Atlasdan ayollar liboslari, ko‘rpa, ko‘rpachalar, erkaklar qiyig‘i va boshqa buyumlar tikiladi. Atlasdan yana ayol- lar va erkaklar uchun choponlar ham tikiladi. Atlas va adrasning mashhur turlari ko‘p bo‘lib, hozirda atlas va adrasning o‘nlab turlari uchraydi. Bular quyidagilar: «Marg‘ilon», «Navro‘z», «Qora», «Shaxmat», «Nomozshom». Bugungi kunda milliy matolarimizni to‘qish san’ati jadal rivojlanib bormoqda. Bundan tashqari atlas va adrasdan milliylik va zamonaviylikni uyg‘unlashtirgan holda ko‘plab liboslar yaratilmoqda. Siz bu kabi liboslarning turfa xillarini uchratishiningiz mumkin. Adras 1920-yillarda Marg‘ilon, Xo‘jand, Buxoro, Samarqand va boshqa joylarda to‘qilib, Markaziy Osiyo bozorlaridan tashqari Afg‘oniston, Xitoy kabi qo‘shni mamlakatlarda ham sotilgan. Milliy matolar jilosi o‘zbek milliy matolari tarixi qadim davrlarga borib taqaladi. O‘zbek hunarmandlarining qalb qo‘ridan yaralgan mato uzoq tarixga ega bo‘lgan milliy matomiz atlas ko‘plab qimmatbaho matolardan-da qadrliroqdir. «Atlas» so‘zi arab tilidan tarjima qilinganda tekis, silliq degan ma’noni anglatadi. Atlas tabiiy ipakdan to‘qiladi. Atlas to‘qish Marg‘ilonda juda qadimdan rivojlangan va boshqa joylarga tarqalgan. XX asr boshlarida bu yerda ko‘palab mohir atlas to‘quvchilar bo‘lgan. Hunarmand ustalar tomonidan yaratilgan xalq amaliy san’atining nodir asarlaridan namunalarni ko‘rgazmalarda namoyish etish orqali o‘zbek xalqining boy merosini tashrif buyuruvchilarga, ayniqsa, O‘zbekiston yoshlariga va chet ellik mehmonlarga ko‘rsatishdir.
F) Baholash Uyga vazifa. O‘zingizning milliy matolaringiz haqida yozib keling. O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: _______________________________________ Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling