O‘qituvchi
Download 0.96 Mb.
|
O‘qituvchi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-topshiriq.
- Bilib oling!
- Uyga vazifa.
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,… Darsning borishi: A) Tashkiliy qism. Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat B) O‘tilganlarni mustahkamlash. Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi. S) Yangi mavzu. 4-topshiriq. Berilgan rasmlarni qiyoslab, kiyinish madaniyati, jamoada yurish-turish qoidalari haqida o‘zaro suhbatlashing. 5-topshiriq. Matnni o‘qing va berilgan savollarga javob bering Kiyinish madaniyati. Madaniyatlilikning asosiy belgilaridan biri bu did bilan kiyinishdir. Insonning tashqi ko‘rinishi, qanday kiyinganligiga qarab, uning did-farosati, moddiy va ma’naviy darajasini, hatto kasbini aniqlab olish mumkin. Kiyinish har bir xalqning yashash sharoiti, mintaqasi, turmush tarzi, udum, urf-odatlari, tabiati bilan ham chambarchas bog‘liq. Serquyosh o‘lkalarda yashovchi xalqlarda qadim zamonlardan beri oq matodan kiyim kiyish odat bo‘lgan, chunki oq mato quyosh nurlarini bir qadar qaytarib, kishilarni issiq ta’siridan saqlagan. Aksincha, iqlimi sovuq o‘lkalar xalqlari esa qora matodan kiyim kiyishga odatlanishgan, chunki bu kiyim quyosh nurlarini o‘ziga singdirib, kiyim egasining tanini yayratgan. Dunyodagi barcha xalqlar bir-biriga hududiy, madaniy-maishiy, iqtisodiy jihatdan qanchalik yaqinlashganlariga qarab, ularning kiyinish madaniyatidagi ayrim jihatlar ham bir-biriga ko‘chib boradi. Ayniqsa rivojlangan mamlakatlardagi kiyinish madaniyatiga taqlid qilish ko‘p uchraydi, shu bois hozirgi kunda jahonda erkak va ayollar o‘rtasida yevropacha kiyinish urfga kirgan. Biroq milliy bayramlar, marosimlar va to‘ylarda asosan milliy kiyimlar kiyiladi.
Bilib oling! Ergashgan qo‘shma gaplar sodda gaplar bilan ham ma’nodosh bo‘lib qo‘llanishi mumkin. Bunday hollarda tobe gap bosh gap tarkibidagi ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalangan gap bo‘lagi o‘rniga qo‘yiladi. Masalan: Kim ko‘p o‘qisa, o‘sha ko‘p biladi (qo‘shma gap). Ko‘p o‘qigan ko‘p biladi (sodda gap).
1. Kim ko‘p o‘qisa, o‘sha ko‘p biladi. Ko‘p o‘qigan ko‘p biladi. 2. Kimki o‘z burchini unutsa, u ko‘p xatoga yo‘l qo‘yadi. O‘z burchini unutgan ko‘p xatoga yo‘l qo‘yadi. 3. Kimki haddidan oshsa, o‘sha xalq e’tiboridan qoladi. Haddidan oshgan xalq e’tiboridan qoladi. 4. Kim sport bilan shug‘ullansa, doimo sog‘lom bo‘ladi. Sport bilan shug‘ullangan doimo sog‘lom bo‘ladi. 5. Kim ko‘p mehnat qilsa, oxirida rohatga erishadi. Ko‘p mehnat qilgan oxirida rohatga erishadi. D)Mustahkamlash 4-mashq. Berilgan qo‘shma va sodda gaplarni o‘qing. Mazmunan mos keladiganlarni topib, juftlab ko‘chiring. Shunday zamon keldiki, har bir kishi o‘z intilishi bilan baxt topa oladi. Kimning so‘zi to‘g‘ri bo‘lsa, o‘zi ham to‘g‘ri bo‘ladi. Kitobxonlik ommaviy tus olgan mamlakatning kelajagi porloq bo‘ladi. So‘zi to‘g‘ri odamning ishi ham to‘g‘ri bo‘ladi. Qaysi mamlakatda kitobxonlik ommaviy tus olsa, o‘sha mamlakatning kelajagi porloq bo‘ladi. 5-mashq. Gaplarni qiyoslang. Shart mayli qo‘shimchasining sodda gaplardagi va qo‘shma gaplardagi ma’nolarini qiyoslang. 1. Yozgi ta’tilda dam olishga ketsam kerak. 2. Yoz kelsa, kunlar isib ketsa, tog‘lar bag‘riga ketamiz. 3. Bu she’rni daftarimga ko‘chirib yozsam maylimi? 4. Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo‘lar chiroyli. 5. Katta bo‘lsam, universitetda o‘qiyman. 6. Iloji bo‘lsa, o‘zing biznikiga kel. 7. Men kelsam, ketib qolgan ekansan.
Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling