O‘qituvchi


Download 0.96 Mb.
bet28/180
Sana02.01.2022
Hajmi0.96 Mb.
#200515
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   180
Bog'liq
O‘qituvchi

Yosh fizik


Alisher Sanetullayev Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida 1981-yilda tug‘ilgan. Maktabdan so‘ng Nukus Davlat universitetining fizikamatematika fakultetida ta’lim oldi. O‘qishdagi muvaffaqiyatlari uchun Prezidentning maxsus sovg‘asi – kompyuter bilan mukofotlangan. 2000-yil qoraqalpoq yigiti fizika fani bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada uchta oltin medalga sazovar bo‘lgan. Alisher Sanetullayev ingliz, rus, turk tillarini ham mukammal biladi

Lug‘at

mukammal biladi – знает в совер шенстве

muvaffaqiyat – успех

maxsus sovg‘a – специальный подарок

xalqaro olimpiada – международная олимпиада

Bilib oling!

Gap so‘zlardan tashkil topadi. Gap tarkibida so‘zlar 5 xil gap bo‘lagi: ega, kesim, to‘ldiruvchi, hol va aniqlovchi vazifalarini bajaradi. O‘zbek tilida gap bo‘laklari asosan quyidagi tartibda keladi: ega gapning boshida, kesim gapning oxirida keladi, hol va to‘ldiruvchilar esa kesimdan oldin joylashadi. Aniqlovchi qaysi bo‘lakni aniqlab kelayotgan bo‘lsa, o‘sha bo‘lakdan oldin turadi.



Masalan: Bilimdon yoshlar yurtimizni rivojlantirishga astoydil intilmoqdalar.

She’riy asarlarda, maqollarda gap bo‘laklarining tartibi o‘zgarishi mumkin.



Masalan: Ko‘p ertak eshitgandim, so‘ylab berardi buvim.
3-mashq. Maqollarni o‘qing va mazmunini tushuntiring. Qaysi gaplarda gap bo‘lagi tartibi o‘zgarganligini aniqlang.

Mеhnatdan kеlsa boylik,

Turmush bo‘lar chiroylik.

Hunar bo‘lsa qo‘lingda, Non topilar yo‘lingda. Tilingda bo‘lsa boling, Kulib turar iqboling.







Gap bo‘laklari

Bosh bo‘laklar

Ikkinchi darajali bo‘laklar

Ega

Kesim

Aniqlovchi

Hol

To‘ldiruvchi
4-mashq. Gap tarkibidagi bosh bo‘laklarni aniqlab, yig‘iq gap shaklida yozing.

Namuna: 1. Men o‘sha kitobni hamon saqlayman. Men saqlayman.

1. Men o‘sha kitobni hamon saqlayman. 2. Shu orada mashina to‘xtagan edi. 3. Daraxt barglari sarg‘ayib, go‘yo oltinga aylanib qolgan edi. 4. Akmal bugun darsga vaqtida keldi. 5. Kuz yomg‘irlari boshlandi. 6. Biz maktabimizdagi hasharda faol qatnashdik. 7. E’zoza uyga vazifani tez bajaradi. 8. Buvim gullarni yaxshi ko‘radilar. 9. Biz Sardor bilan o‘qish haqida ko‘p o‘yladik.



5-mashq. Berilgan sodda yig‘iq gaplarni ikkinchi darajali bo‘laklar bilan kengaytiring.

1. Mehmonlar kelishdi. 2. Muxbir suhbatlashdi. 3. Yoshlar yig‘ilishdi. 4. Feruza bo‘ldi. 5 Botir ochdi. 6. O‘quvchilar yig‘ildilar. 7. Zumrad qatnashdi. 8. Noila opa yozdi. 9. Navoiyni o‘qigan. 10. Akmal sug‘ordi.


D) Mustahkamlash
6-topshiriq. Berilgan matnni o‘qing va mazmuni yuzasidan bahs-munozara o‘tkazing.

Ey, yoshlar! Qaysi fan bo‘lmasin to uni mukammal egallamaguningizcha harakatni to‘xtatmang! Bir ilm ikkinchi ilmni egallashga yordam beradi. Bir ilmni egallashga aqlingiz yo‘l berdimi, uni oxirigacha egallamay turib, chala tashlab ketmang!

Sadiy Sheroziy

Mustaqil ish. Ona tilingizga tarjima qiling va daftaringizga ko‘chiring.

1. Yoshlikda mehnat qilmagan odam qariganda kulfatga uchraydi. 2. Bir yigitga yetmish hunar oz.

3. Odam muloyim, xushfe’l, ochiq chehrali, zakovatli, bilimli bo‘lishi kerak. 4. Aqliy tarbiya odam zehni, aql idrokini kamolga yetkazishdir. 5. Yaxshi odamlarni o‘zingga yaqin tut, yomondan yiroq bo‘l, ziyoni tegadi.

***


Yoshlik – oltin fasl, biroq g‘animat davr. Go‘zallikka mahliyo bo‘lganlar uni tezda yo‘qotadilar, uning kuchidan foydalangan qudratli insonga aylanadilar.

Vatanimiz kelajagi yoshlar qo‘lida.


F) Baholash
Uyga vazifa. Qo‘shimcha ma’lumotlardan foydalanib, tengdoshlaringizning yutuqlari haqida matn tuzing.



Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling