O‘qituvchi
Download 0.96 Mb.
|
O‘qituvchi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lug‘at mukammal biladi
- 6-topshiriq.
- Mustaqil ish.
- Uyga vazifa.
Yosh fizikAlisher Sanetullayev Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida 1981-yilda tug‘ilgan. Maktabdan so‘ng Nukus Davlat universitetining fizikamatematika fakultetida ta’lim oldi. O‘qishdagi muvaffaqiyatlari uchun Prezidentning maxsus sovg‘asi – kompyuter bilan mukofotlangan. 2000-yil qoraqalpoq yigiti fizika fani bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada uchta oltin medalga sazovar bo‘lgan. Alisher Sanetullayev ingliz, rus, turk tillarini ham mukammal biladi Lug‘at mukammal biladi – знает в совер шенстве muvaffaqiyat – успех maxsus sovg‘a – специальный подарок xalqaro olimpiada – международная олимпиада Bilib oling! Gap so‘zlardan tashkil topadi. Gap tarkibida so‘zlar 5 xil gap bo‘lagi: ega, kesim, to‘ldiruvchi, hol va aniqlovchi vazifalarini bajaradi. O‘zbek tilida gap bo‘laklari asosan quyidagi tartibda keladi: ega gapning boshida, kesim gapning oxirida keladi, hol va to‘ldiruvchilar esa kesimdan oldin joylashadi. Aniqlovchi qaysi bo‘lakni aniqlab kelayotgan bo‘lsa, o‘sha bo‘lakdan oldin turadi. Masalan: Bilimdon yoshlar yurtimizni rivojlantirishga astoydil intilmoqdalar. She’riy asarlarda, maqollarda gap bo‘laklarining tartibi o‘zgarishi mumkin. Masalan: Ko‘p ertak eshitgandim, so‘ylab berardi buvim. 3-mashq. Maqollarni o‘qing va mazmunini tushuntiring. Qaysi gaplarda gap bo‘lagi tartibi o‘zgarganligini aniqlang. Mеhnatdan kеlsa boylik, Turmush bo‘lar chiroylik. Hunar bo‘lsa qo‘lingda, Non topilar yo‘lingda. Tilingda bo‘lsa boling, Kulib turar iqboling.
Namuna: 1. Men o‘sha kitobni hamon saqlayman. Men saqlayman. 1. Men o‘sha kitobni hamon saqlayman. 2. Shu orada mashina to‘xtagan edi. 3. Daraxt barglari sarg‘ayib, go‘yo oltinga aylanib qolgan edi. 4. Akmal bugun darsga vaqtida keldi. 5. Kuz yomg‘irlari boshlandi. 6. Biz maktabimizdagi hasharda faol qatnashdik. 7. E’zoza uyga vazifani tez bajaradi. 8. Buvim gullarni yaxshi ko‘radilar. 9. Biz Sardor bilan o‘qish haqida ko‘p o‘yladik. 5-mashq. Berilgan sodda yig‘iq gaplarni ikkinchi darajali bo‘laklar bilan kengaytiring. 1. Mehmonlar kelishdi. 2. Muxbir suhbatlashdi. 3. Yoshlar yig‘ilishdi. 4. Feruza bo‘ldi. 5 Botir ochdi. 6. O‘quvchilar yig‘ildilar. 7. Zumrad qatnashdi. 8. Noila opa yozdi. 9. Navoiyni o‘qigan. 10. Akmal sug‘ordi. D) Mustahkamlash 6-topshiriq. Berilgan matnni o‘qing va mazmuni yuzasidan bahs-munozara o‘tkazing.
Mustaqil ish. Ona tilingizga tarjima qiling va daftaringizga ko‘chiring. 1. Yoshlikda mehnat qilmagan odam qariganda kulfatga uchraydi. 2. Bir yigitga yetmish hunar oz. 3. Odam muloyim, xushfe’l, ochiq chehrali, zakovatli, bilimli bo‘lishi kerak. 4. Aqliy tarbiya odam zehni, aql idrokini kamolga yetkazishdir. 5. Yaxshi odamlarni o‘zingga yaqin tut, yomondan yiroq bo‘l, ziyoni tegadi. ***
Yoshlik – oltin fasl, biroq g‘animat davr. Go‘zallikka mahliyo bo‘lganlar uni tezda yo‘qotadilar, uning kuchidan foydalangan qudratli insonga aylanadilar. Vatanimiz kelajagi yoshlar qo‘lida. F) Baholash Uyga vazifa. Qo‘shimcha ma’lumotlardan foydalanib, tengdoshlaringizning yutuqlari haqida matn tuzing. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling