Darsning turi: mustahkomlovchi.
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi:
A) Tashkiliy qism.
Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
B) O‘tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi.
S) Yangi mavzu.
4-topshiriq. Suhbat matnini o‘qing va munosabatlaringizni bildiring.
Rivoyat qilishlaricha, Luqmoni Hakim ikki do‘stni o‘rtaga olib so‘radilar.
Xo‘sh, siz umringiz mazmunini nimalar bilan boyitdingiz?
Men yaxshi farzand o‘stirdim. Yetim va nochorlarga yordam berdim. Tinimsiz mehnat qildim.
Luqmoni Hakim uning sherigiga yuzlandilar:
Bolam, siz umringizda qanday savob ishlarni qildingiz?
U odam yerga qarab:
Mayxona, choyxonalarda umrimni bekor o‘tkazganman, – deb javob berdi.
Luqmoni Hakim boshini chayqab:
Essiz umr! – dedilar.
Darhaqiqat, umr mazmuni – foydali ishga sarflangan vaqt, yaxshi nom jasoratdan iborat.
O‘tgan kuningga emas, bekorchi o‘tgan umringa achin, – deb bejiz aytishmagan.
Inson gohida, o‘ziga shunday savol berib turishi zarur : «Men vatanimga, avlod-larimga nimalar qoldiryapman?»
5-topshiriq. Matnni o‘qing va mazmuni yuzasidan suhbatlashing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘z birikmalari ishtirokida gaplar tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |