O‘qituvchi


Download 0.96 Mb.
bet25/180
Sana02.01.2022
Hajmi0.96 Mb.
#200515
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   180
Bog'liq
O‘qituvchi

3.O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini ,o‘z fikrini turli vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.Mustaqil ishlash ko‘nikmasini o‘stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish;

Darsning turi: yangi bilim beruvchi

Darsning usuli:

Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…

Darsning borishi:

A) Tashkiliy qism.

Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat

B) O‘tilganlarni mustahkamlash.

Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi.

S) Yangi mavzu.



O‘zbekistonda yoshlar hayoti haqida suhbatlashing.

Foydalanish uchun so‘z va so‘z birikmalari: yoshlik oltin davr, kelajagimiz, yoshlar barkamol avlod, keng imkoniyatlar, tengdoshlarimizning yutuqlari.

2-topshiriq. Matnni o‘qing. Mazmunini hikoya qiling va matn asosida savollar tuzing.

Mamlakatimizda har tomonlama yetuk va barkamol shaxslarni tayyorlash borasidagi ishlar bugun o‘z samarasini bermoqda. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining jadal rivojlanishi hamda ma’naviy qadriyatlarning o‘zgarishi bilan bog‘liqdir. Hozirgi kunda davr sadosi bo‘lgan ommaviy axborot vositalarining hayotimizga beqiyos ta’sirini har sohada kuzatishimiz mumkin. Bejizga XXI asr global axborot asri deb atalmagan.

Televideniye kunlik axborotga ega bo‘lishimizda asosiy manbalardan hisoblanadi. Hozirgi kunda ko‘plab dasturlarda yoshlarga oid ko‘rsatuvlar va eshittirishlar uzatilyapti. Hamma sohada yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Yoshlar o‘z iqtidorlari bilan turli sohalarda faol ishtirok etmoqda. Yoshlik umrning eng g‘animat davri. Unda qo‘lga kiritilgan ilm va hunar umr davomida halol va baxtli yashash uchun xizmat qiladi. Hozir mamlakatimiz yoshlari internet va mobil vositalaridan keng foydalanmoqda. Ammo bu yo‘nalishda yolg‘on axborotga ishonib qolayotgan tengdoshlarimiz ham yo‘q emas. Tengdoshlarimizni bunday salbiy illatlar, ommaviy madaniyat ta’siridan asrash uchun, ular ko‘p kitob o‘qishlari lozim.
Bilib oling!

Gap tugallangan fikrni ifodalaydi. Gap ohang jihatdan tugallangan bo‘lishi kerak.



Masalan: Oltin kuz qanday chiroyli! Maktablarda darslar boshlandi.

Gap hosil qilish uchun so‘z va so‘z birikmalarini grammatik jihatdan bog‘lash kerak.



Masalan: Xatni qalam bilan yozdi. Gapida -ni, bilan bog‘lovchi vositalar hisoblanadi. Kuz. Hamma yoq oltin rangga kirgan. Bu gapdagi kuz so‘zi ham tugallangan ohang bilan aytilgani uchun gap hisoblanadi

D) Mustahkamlash


1-mashq. Gaplarni o‘qing. Gaplarda qo‘llanilgan bog‘lovchi vositalarni topib yozing.

Namuna: Mohidilning ukasi dars qilishni yaxshi ko‘radi (-ning, -si, -ni ).

1. Botirjon papkasidan kitoblarini chiqarib, joyiga o‘tirdi. 2. Nasiba o‘qituvchining savoliga javob berishga shoshar edi. 3. Shaxboz ishi ko‘pligidan onasiga qaray olmaganiga xafa edi. 4. Sinfdoshlar: Behzod, Saidkamol va Adhamlar darsdan so‘ng kutubxonaga kirib kitob olishdi. 5. Men bugun darsga zarur kitobni olib keldim.


2-mashq. Berilgan so‘z birikmalari ishtirokida gaplar tuzing. Bog‘lovchi vositalarni ko‘rsating.

1. Yoshlar hayoti. 2. Yaratilgan imkoniyatlar. 3. Shaxmatchilar oilasi 4. Jahon chempioni. 5. Turli to‘garaklar.


3-topshiriq. Suhbat matnini rollarga bo‘lib o‘qing va davom ettiring.

Ibrohim: Behzod, darslarimiz tugadi. Yur, futbol o‘ynaymiz.

Behzod: Futbol o‘ynashni men ham yaxshi ko‘raman. Lekin men bugungi kunimni rejalashtirganman. Qo‘shnimiz bog‘bon boboning uyiga bormoqchiman.

Ibrohim: Bog‘bon bobonikida nima qilasan?

Behzod: Ular menga gul va mevali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazish sirlarini o‘rgatadilar. Anor va uzumlarni sovuqdan qanday asrashni ham o‘rgatadilar.

Ibrohim: Bu zo‘r-ku! Menga ham o‘rgatarmikanlar?

Behzod: Bobom bundan xursand bo‘ladilar. Vaqting bo‘lsa yur. Bog‘da ish juda ko‘p. Ularga yordam beramiz.

Ibrohim: Albatta boraman. Bog‘dorchilik ishiga juda qiziqaman.
F) Baholash
Uyga vazifa. Berilgan so‘zlar yordamida gaplar tuzing.

1. O‘qi zehningni, va, tekshirish, tarbiyala, o‘zingni, bilan, aqlingni, 2. Bo‘l, hammaga, va g‘amxo‘r, mehribon, 3. Yaxshi, senga, bajar, jamiyat, topshirilgan, vazifani, tomonidan, 4. Bag‘ishla, kuchingni, qilma, dangasalik, bor, ilm, olishga.




Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling