O‘qituvchi
Download 0.96 Mb.
|
O‘qituvchi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asqad Muxtor (1920-1997)
- 7-topshiriq.
- Uyga vazifa.
Darsning turi: mustahkomlovchi.
Darsning usuli: Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,… Darsning borishi: A) Tashkiliy qism. Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat B) O‘tilganlarni mustahkamlash. Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi. S) Yangi mavzu. Asqad Muxtor (1920-1997) Asqad Muxtor shoir, dramaturg, tarjimon, jurnalist hamda adib sifatida o‘zbek adabiyotida yorqin iz qoldirgan siymolardan biridir. Adib 1920 yil 23 dekabrda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan. 1936 yilda Toshkentga kelib jurnalistika kursida o‘qidi, gazetada ishladi. Samarqanddagi O‘zbekiston Davlat univer- sitetiga o‘qishga kiradi. Talabalik yillaridan ijod qila boshlagan yosh adib markaziy gazetalarda so‘ngra «Sharq yulduzi», «Guliston» jurnallarida bosh muharrir bo‘lib ishladi. «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasiga asos soldi. Asqad Muxtor badiiy ijodga she’riy asarlari bilan kirib keldi. Uning «Hamshaharlarim», «Rahmat mehribonlarim», «Chin yurakdan», «Karvon qo‘ng‘irog‘i», «Quyosh belanchagi»,«Sizga aytar so‘zim» kabi she’riy to‘plamlari chop etilgan. Uning «Daryolar tutashgan joyda», nomli birinchi qissasi, so‘ngra «Qoraqalpoq qissasi», «Kumush tola» qissalari bosilib chiqdi. Adib «Opa-singillar», «Tug‘ilish», «Davr mening taqdirimda», «Chinor», «Amu» kabi romanlari bilan o‘zbek romanchiligiga katta hissa qo‘shdi. Uning ko‘plab asarlari jahonning qator tillariga, jumladan, rus, hind, xitoy, rumin, ingliz va boshqa tillarga tarjima qilingan. Katta xizmatlari uchun Asqad Muxtorga «O‘zbekiston xalq yozuv chisi» faxriy unvoni berilgan. Asqad Muxtor 1997-yilning 17-aprelida vafot etdi. 7-topshiriq. She’rni ifodali o‘qing. Mazmunini so‘zlab bering. Bir tup o‘rik Yakka o‘sgan ekan: Yolg‘iz tomoqmasmi – rosa unibdi. Bodroq-bodroq bo‘lib gullaganida Ko‘lankasi bilan do‘st tutinibdi. Soya dam o‘ngga-yu, dam chapga o‘tib, Dam cho‘zilib yotib, Dam bo‘lib tikka: – Mendan ham sodiqroq do‘st topolmaysan, Sensiz men ham yo‘qman,– derkan o‘rikka... Bir kun qarasa – Soya yo‘q emish. (Bulut kuni uni izlash – kulgili). Yomg‘ir ham quyibdi – do‘sti hamon yo‘q... Yerga yakson bo‘pti o‘rikning guli. Eh, o‘rik! Soya ham do‘st bo‘ladimi? Laqqa tushibsan-da lof ursa. Do‘st bo‘lsa, har qanday ob-havoda Yoningda tursa...
F) Baholash Uyga vazifa. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar. Yana qanday mashhur yoshlarni bilasiz? Ma’lumot topib keling. Topgan ma’lumotingizdan gapning bosh bo‘laklarini aniqlang. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling