O‘qituvchi


Download 0.96 Mb.
bet32/180
Sana02.01.2022
Hajmi0.96 Mb.
#200515
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   180
Bog'liq
O‘qituvchi

3.O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini ,o‘z fikrini turli vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.Mustaqil ishlash ko‘nikmasini o‘stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish;

Darsning turi: yangi bilim beruvchi

Darsning usuli:

Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…

Darsning borishi:

A) Tashkiliy qism.

Salomlashish, davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat

B) O‘tilganlarni mustahkamlash.

Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi.

S) Yangi mavzu.


Foydalanish uchun so‘z va so‘z birikmalari: do‘stlarim, do‘stga sadoqat, g‘amxo‘r va samimiy, puxta bilim olish, qiziqqan sohalarimiz, tanlovda ishtrok etmoq, g‘oliblikka intilish.
2-topshiriq. Matnni o‘qing va unga sarlavha qo‘ying. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlar va birikmalar yordamida suhbatlashing.

Haqiqiy insonlar bir-birlariga do‘st va yo‘ldosh tutinganlar, do‘stlik va hamjihatlik keng xalq ommasining buyuk fazilati bo‘lib, buni Alisher Navoiy hazratlari besh asr ilgari dostonlarida tarannum etganlar. Bu g‘oya dunyo xalqlari o‘rtasida milliy nizolar ko‘paygan hozirgi qiyin bir sharoitda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Do‘stlarning va tengdoshlarning bir-birlariga shirin muomalada, mehr-u muhabbatli bo‘lishlari do‘stlikni mustahkamlaydi.

Bir odamning do‘sti go‘zal xulqli bo‘lsa, u do‘stidan ibrat olib, u ham go‘zal xulqli bo‘lishga kirishadi. Agar do‘sti yomon xulqli bo‘lsa, shunga qarab yomon xulqli bo‘ladi. Bir donishmanddan:

  • Falon odam haqida qanday fikrdasiz, – deb so‘raganlar. Donishmand:

  • Avval menga u odamning qanday odamlar bilan do‘stlashib yurganini ayting, keyin u haqda fikrimni aytaman, – deb javob bergan.

  • Kim bilan do‘st bo‘lishni istasangiz, avval uning xulqini yaxshilab o‘rganing. Yaxshi xulqli,

odobli bo‘lsa, u bilan do‘st bo‘ling, yomon xulqli bo‘lsa, yoniga sira ham yaqinlashmang. Odobli, tarbiyali odamlar sizlarga yaxshi yo‘lni ko‘rsatadi.
haqiqiy – истинный, настоящий

hamjohatlik – согласие, солидарность

nizo – спор

tarbiya – воспитание

muomala – обращение, обхождение

mustahkamlamoq – закрепить

hulq – поведение

ibrat – назидание, пример

donishmand – мудрец

odobli – воспитанный, вежливый



Bilib oling!

Gapda bir xil sintaktik vazifa bajarib, bir xil so‘roqqa javob bo‘luvchi, o‘zaro teng aloqadagi bo‘laklar uyushiq bo‘laklar deyiladi. Gapning barcha bo‘laklari uyushib kelishi mumkin. Uyushiq bo‘laklar odatda bir xil so‘z turkumi bilan ifodalanadi.



Masalan: Yurtimizning farovonligi, tinchligi va iqboli bizga bog‘liq. Bu yerning ob-havosi, iqlimi va sharoiti yaxshi.


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling