O‘qituvchi
Download 0.96 Mb.
|
O‘qituvchi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil ish
Bilib oling!
Sodda gaplar ikkinchi darajali bo‘laklarning ishtirokiga ko‘ra: yig‘iq gaplar va yoyiq gaplarga bo‘linadi. Faqat ega va kesimdan tashkil topgan gaplar sodda yig‘iq gaplar hisoblanadi. Gap tarkibida ikkinchi darajali bo‘laklar ham ishtirok etsa, yoyiq gaplar hosil bo‘ladi. Gap mazmunini to‘ldirish, izohlash maqsadida bosh bo‘laklarga bog‘lanuvchi ikkinchi darajali bo‘laklar qo‘shiladi. Bunday gaplar sodda yoyiq gaplar deyiladi. Dildora o‘qidi. – Yig‘iq gap; Dildora kitobni kecha o‘qidi. – Yoyiq gap.
3-mashq. Berilgan so‘zlar ishtirokida sodda yoyiq gaplar tuzing. Namuna: O‘zbek olimlari dunyoga mashhur. Olimlar, bilimga chanqoqlik, ijodkorlik, tibbiyot, iqtisodiyot, samarasini ko‘rish, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, izlanmoq, mashaqqatli yo‘l, fidokorlik, dunyoga tanitmoq, fan-texnika asri, ustozlar. 4-mashq. Berilgan sodda yig‘iq va yoyiq gaplarga aylantirib yozing. Masalan: Men bugun rasm chizaman. 1. Kitob o‘qidi. 2. Bilim oldilar. 3. Sinfdoshlar uchrashdilar. 4. Akam o‘qiydi. 5. Mehmonlar kelishdi. 6. Insho yozishdi. D)Mustahkamlash.
Olim, ilm, muallim so‘zlarining asosi bir so‘zdan – ilm so‘zidan olingan. Ilm o‘rgatuvchi muallim, ilmni chuqur o‘zlashtirgan insonni esa olim deb atashadi. Qaysi jamiyatda ilm ahllari ko‘p bo‘lsa, ilm o‘rganishga ko‘p e’tibor qaratilsa, shu jamiyat gullab-yashnaydi, ravnoq topadi. Chunki har qanday boylik kamayib boradi, ilm esa ortib boradi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling