O‘qituvchi
Download 0.96 Mb.
|
O‘qituvchi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-topshiriq.
- 8-topshiriq.
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,… Darsning borishi: A) Tashkiliy qism. Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat B) O‘tilganlarni mustahkamlash. Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi. S) Yangi mavzu. 7-topshiriq. Muhbir bilan suhbat matnini rollarga bo‘lib o‘qing. Mazmunini so‘zlab bering. Ijodkorga o‘n savol Savol: Ijodda aql va his-tuyg‘uning roli haqida fikringiz qanday? Javob: Nafaqat ijodda, balki hayotda ham aql va his-tuyg‘u birga bo‘lmasa muvozanat buziladi. Savol: Ilk muhabbat va uning ijodga ta’siri haqida nima deysiz? Javob: Har bir inson hayotda har xil hodisalarga, dardlarga birinchi, ikkinchi, uchin chi va hokozo marotaba duch kelishi mumkin. Masalan, adolat va adolatsizlikka, yaxshilik va yomonlikka, shu jumladan, muhabbat dardiga ham, Abu Ali ibn Sino muhabbatni o‘zining «Tib qonunlari» kitobiga mustaqil bir dard sifatida kiritgan…. Savol: Mukammal odamni uchratganmisiz? Javob: Nazarimda mukammal odamni har kim o‘zi uchun axtarsa yaxshi. Ehtimol men uchun shunday odamlar bordir, ehtimol, ular bilan gaplashgandirman…. Savol: Sizga qaysi o‘zbek san’atkori (yozuvchi, rassom, aktyor, xonanda, sozanda) yoqadi? Nega? Javob: … Halima Nosirova, Abror Hidoyatov, Shukur Burhonov va boshqa san’atkorlarimiz ijodini g‘oyat qadrlayman. Ular o‘zbek san’atkori nimalarga qodir ekanligini, xalqimizning ma’naviy yetukligini ancha to‘la namoyish eta olganlar. Savol: Yosh ijodkorlarga eng qisqa maslahatingiz. Javob: Yoshlarga halollik tilayman. (O‘zbekiston qahramoni, shoir Abdulla Oripov bilan suhbatdan parcha) D)Mustahkamlash 8-topshiriq. Matnini o‘qing va so‘zlab bering. Savollar tuzing. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling