Savol va topshiriqlar.
1. «A’lo mamlakatning a’lo farzandi», deganda kimni tushunasiz?
2. «Hammasidan a’lo barchadan oldin, bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi!» misrasini izohlang.
3. «Sinov navbatini kutib turasan», deganda nimani tushundingiz?
|
F) Baholash
Uyga vazifa. She’rni yod oling.
O‘quv-tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari: _______________________________________
Sana: Sinf:10
MAVZU: QIZIQARLI KO‘RSATUVLAR. (2-DARS)
Darsning maqsadi:
1.O‘quvchilarga ergashgan qo‘shma gap haqida ma’lumot berish. Kundalik turmushda bu qoidalarga rioya qilishni shakllantirish.
Adabiy-nutqiy kompetensiyalar (tinglab tushunish, fikrni og‘zaki bayon qilish, o‘qish, fikrni yozma bayon qilish)ni shakllantirish. Badiiy asarni tahlil qilishni o‘rgatish.
2.Yurtimizda faoliyat yuritayotgan televideniyalar bilan tanishtirish. Kasb tanlashga bo‘lgan qiziqishni o‘stirish, mustaqil o‘rganish orqali bilimini oshirib borish; o‘zini tuta olish, to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘zining xatosini tushunishni o‘rgatish, farzandlik va o‘quvchilik, fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilishga chqirish.
3.O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini ,o‘z fikrini turli vaziyatlarda erkin ifodalash malakasini rivojlantirish.Mustaqil ishlash ko‘nikmasini o‘stirish. Mavjud axborot manbalaridan foydalanib (internet, telefon, kompyuter, elektron pochta) ma’lumot almashish; badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish; inson mehnatini yengillashtiradigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish.
Darsning turi: yangi bilim va tushunchalarni shakllantiruvchi va mustahkomlovchi.
Darsning usuli:
Darsning jihozi: darslik,tarqatmalar, rasmlar, multimediya,…
Darsning borishi:
A) Tashkiliy qism.
Salomlashish,davomatni aniqlash,o‘quvchilarni darsga tayyorlash. “Kun yangiligi” rukni asosida suhbat
B) O‘tilganlarni mustahkamlash.
Uy vazifasi so‘rab baholanadi. O‘qilgan badiiy asardan parcha tahlili qilinadi.
S) Yangi mavzu.
3-mashq. Qavs ichida berilgan bog‘lovchi vositalardan mosini qo‘ying va sodda gaplarni qo‘shma gaplarga aylantirib yozing.
Televizorda bolalar uchun ko‘rsatuvlar ko‘p. Ukam ularni sevib tomosha qiladi (shuning uchun, chunki).
O‘qituvchi xursand bo‘ldi. Uning o‘quvchilari topshiriqni muvaffaqiyatli bajarishdi (chunki, shuning uchun, -sa).
Biz xursandmiz. Orzuyimizga yetishish uchun barcha imkoniyatlar bor (shundan, -ki, shu bois).
Biz hayron qoldik. Siz topshiriqni bajarmadingiz. (shunga, -ki, chunki).
Biz musobaqada g‘olib bo‘lamiz. Guruhimiz bilan astoydil harakat qilyapmiz (natijada, shuning uchun).
5-topshiriq. Matnni o‘qing. Savollar tuzing
Do'stlaringiz bilan baham: |