O‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi muloqot madaniyati. Pedagogik hamkorlik haqida tushuncha reja


Download 75.6 Kb.
bet5/6
Sana15.10.2023
Hajmi75.6 Kb.
#1703948
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-мавзу

Tarbiyaviy soatlar – murabbiylarning ijodiy izlanishi, pedagog mahoratining namoyishi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Unda o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarishiga o‘rganishga. Tarbiyaviy tashqiliy ishlarni demokratlashtirishga, insonparvarlashtirishga o‘qituvchi-o‘quvchi-murabbiylarning erkin muloqotiga keng yo‘l berilgan. Hozirgi kunda tarbiyaga oid insoniyatning ma’naviy xazinasidan munosib o‘rin olgan, milliy madaniy merosimiz, urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizga benihoya katta hurmat, e’tibor va ehtirom bilan qarab, ulardan shu avlodni tarbiyalashda samarali foydalanishimiz lozim.
Talabalarga amaliy mashg‘ulot topshirig‘i sifatida biror bir mavzu misolida tarbiyaviy soatni o‘tkazish metodikasini ishlab chiqish topshiriladi. Talabalar tarbiyaviy soatning bayonnomasini, unda ko‘rilgan masalalar bo‘yicha taklif, mulohazalarini keltiradilar.
Munozara – oliy ta’lim tizimida nutq o‘stirish, o‘z fikrini va mustaqil va asosli bayon qilib, xulosalar chiqarish vositasi sifatida g‘oyat muhim o‘rin egallaydi. Bu bajariladigan ishning bir turi bo‘lib, o‘zaro tortishish jarayonini keltirib chiqaradi va unga aniqlik kiritadi. Talaba tomonidan “o‘z so‘zi” o‘ziga xos uslubi asosida izchil, savodli fikr yuritiladi.
Munozara vaqtida talabalar o‘zlariga ishongan holda savollarini muhokama qilishadi. Munozara uchun shunday sharoit yaratilishi kerakki, unda talabalar o‘z fikrlarini ishonch bilan ochiq-oydin, kamchiliklari uchun aybga qo‘ymasliklariga ishongan holda bayon etishlari kerak. Munozara – bir yoki bir necha guruh bilan o‘tkazilishi mumkin.
Munozara usuli ko‘plab funksiyalarni bajaradi. Ushbu usuldan quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi:
• yangi bilimlarni shakllantirish;
• o‘quvchilarda u yoki bu savollarni chuqur o‘ylab ko‘rish, tub ma’nosiga yetishga motivatsiyani ta’minlash;
• o‘quvchilarga dalil va dalilga asoslangan xulosa orasidagi farqni tushunib yetishni o‘rgatish;
• kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirish, o‘quvchilarga o‘z fikrida mustahkam turish va uni himoya qilishga yordam berish.
Uni o‘tkazish talablari va qoidalari talabalarga oldindan aytilib, quyidagi tartibda olib boriladi:

  1. Mavzu tanlab olinadi.

  2. Mavzuga oid reja to‘ziladi.

  3. Mavzuning qisqacha mazmuni beriladi.

  4. Ushbu mavzuga oid munozarani o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad belgilanadi.

  5. Foydalaniladigan adabiyotlar va o‘qitishning texnik vositalari tayyorlanadi.

  6. Hayotdagi, litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘quv-tarbiyaviy jarayonlardagi ijobiy ishlar bo‘yicha materiallar tayyorlanadi.

  7. Mavzuga oid qo‘shimcha savollar ishlab chiqiladi.

Munozara mavzusini talabalar o‘zlari tanlab olishadi. Munozara ishtirokchilari o‘z fikrlarini bayon qilganda bir-biriga hurmat bilan munosabatda bo‘lib. Shaxsiy qarashlari to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini isbot qilib berishadi. Munozarada hamma ishtirokchilar mavzuga oid o‘z fikrlarini aytishi shart. Mashg‘ulot oxirida munozara, pedagog tomonidan tahlil qilinadi va talabalar baholanib, hisoboti to‘ldiriladi.
Munozara rivojlanishi mumkin, qachonki:

  • erkin bo‘lsa;

  • yoki biror yo‘nalishda boshqariladigan bo‘lsa.

Agar siz erkin munozara tashkil qilmoqchi bo‘lsangiz, u holda siz uni faqat boshlab berasiz va munozaraga aralashmaysiz: siz hakamlik qilasiz. Bu yerda, muhokama qilinayotgan jarayonning o‘ziga urg‘u berish kerak va har bir o‘quvchini o‘z dalillarini aniq ifoda etishga rag‘batlantirish lozim. Shuning uchun, agar biz har bir o‘quvchini ishga solmoqchi bo‘lsak, yo‘nalishga va bevosita shaxsga ta’sir o‘tkazishni istasak, erkin munozara o‘tkazamiz.
Agar siz, boshqariladigan munozara olib borishni mo‘ljallasangiz, o‘quv vazifasining tub ma’nosini aks ettiradigan xulosaga kelish uchun uni rejalashtirishingizga to‘g‘ri keladi. U faqat o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan mavzu va savollarga tegishli bo‘lishi kerak.

Download 75.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling