O‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi muloqot madaniyati. Pedagogik hamkorlik haqida tushuncha reja


Tarbiyaviy soatlarni tashkil etish va o‘tkazish metodikasini ishlab chiqish


Download 75.6 Kb.
bet4/6
Sana15.10.2023
Hajmi75.6 Kb.
#1703948
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-мавзу

Tarbiyaviy soatlarni tashkil etish va o‘tkazish metodikasini ishlab chiqish.
Vatanimizning kelajagi bo‘lgan farzandlarimizni odobli va oliyjanob qilib tarbiyalash davr talabi. Shu bois barkamol inson haqida, uning mehnati, turmushi, namunaviy kamolati xususida g‘amxo‘rlik qilish hukumatimizning asosiy maqsadi bo‘lib qolmoqda. Milliy tarbiya, eng avvalo, o‘quvchi ruhiyati bilan bog‘liq ichki kechinmalarni his etish, o‘qitishni tabaqalashtirish, milliy ruh bilan sug‘orilgan o‘quv-tarbiya dasturlarini yaratish, tarbiyaviy-tashqiliy tadbirlarning asosini tashkil etadi.
Ma’lumki insonning barkamolligi tashqi ko‘rinishiga qarab emas, balki ko‘proq uning ma’naviy dunyosiga qarab belgilanadi. Jamiyatning ravnaqi va kelajagi ana shu jamiyatda yashovchilarning ham ma’naviy, ham moddiy kamolotiga bog‘liq. Ma’naviy qashshoq shaxslar bilan kelajagi porloq jamiyat qurib bo‘lmasligi hayot haqiqati ekanligi ma’lum. Shunday ekan, butun kuch-g‘ayratimizni, qalb qo‘rimizni ta’lim-tarbiya ishiga sarflamog‘imiz lozim. Demak, kelajagimiz, orzu-umidlarimiz, ishonchimiz, butun borlig‘imiz tarbiyaga, tarbiyachi-murabbiy olib borayotgan ishning samaradorligiga, tarbiyaviy soatlarning hamda darsdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarning nechog‘lik mahorat bilan tashkil eta bilishiga bog‘liq.
O‘quvchilar o‘rtasida mehr-oqibat, haqiqiy insoniy munosabatlar nihoyatda zarur bo‘lib qolgan vaziyatda tarbiyaviy soatlarning axloq, odobga oid saboqlar ahamiyati muhimdir. Yoshlar o‘rtasidagi bunday vaziyatlarni shakllantirish tarbiyachilarga bog‘liq. Agar murabbiy tarbiyasiz bo‘lsa, uning atrofida o‘ziga o‘xshaganlar to‘planib qoladi, chunki ular ustoziga taqlid qila boshlashadi. Bunday holatning oldi olinmasa, tarbiyasizlik chuqur ildiz otishi mumkin. Odatda, ikki holatda xatoga yo‘l qo‘yamiz: birinchisi yoshlarni hali yosh deb, ko‘pincha ularga ishonilmaydi, ikkinchisi keksalarning maslahatiga har vaqt quloq solinmaydi. . Yoshlarda kelajakka ishonch, intilish bilan bog‘liq bo‘lgan katta tashabbus, kuch-g‘ayrat bo‘ladi. Keksalar esa, hayot yo‘lida ko‘p issiq va sovuqlarni boshidan kechirib, boy tajriba ottirgani uchun ularda o‘zoq o‘ylab, bosiqlik bilan ish to‘tish, yetti o‘lchab bir kesish kabi yetuk tafakkur salohiyati bor. Yoshlarning tashabbusi, kuchi va g‘ayrati keksalarning boy hayotiy tajribasi bilan bog‘langandagina ijobiy samaraga erishish mumkin.

Download 75.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling