Reja
Kirish
Beshta muxim tashabbus mazmuni
Beshta muxim tashabbus doirasida Bo‘kada amalga oshirilgan ishlar
Xulosa
Kirish
Xabaringiz bor, joriy yilning 19 mart kuni mamlakatimiz rahbari boshchiligida o‘tgan videoselektorda yurtimiz yoshlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ma’naviy immunitetini kuchaytirish, qobiliyat va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun ko‘maklashish maqsadida beshta muhim ahamiyatga ega tashabbusni ilgari surilgan edi.
YUrtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi viloyatimizda ham mazkur tashabbuslarni targ‘ib qilish ishlariga katta e’tibor qaratilib, ushbu hayotiy tajriba jamiyatimizda keng tatbiq etilmoqda.
Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Ayni paytda viloyat miqyosida san’at va madaniyat sohasiga qiziquvchi yoshlarning soni 39 ming nafardan oshadi. Ularning aksariyati ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan va uyushmagan yoshlardir.
Bugungi kunda viloyatimizda 32 ta madaniyat markazi hamda 13 ta musiqa va san’at maktabi faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularda o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarga 2 mingdan ortiq o‘g‘il-qizlar muntazam ishtirok etadi. Afsuski, bu juda past ko‘rsatkich hisoblanadi. Tashabbus ilgari surilgach, bu yo‘nalishdagi amaliy ishlarning olib borilishi doimiy nazoratga olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |