Uchinchi tashabbus
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tajriba amaliyotlari yakunlangach, Bo‘ka tumanida yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun shart-sharoitlar butunlay o‘zgaradi.
Buni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi zimmasidagi uchinchi tashabbus – «Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish» doirasida qilinayotgan ishlar misolida ko‘rish mumkin.
Infografika: «Mitc.uz»
Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi
AKT vazirligidan xabar berishlaricha, bugungi kunda Bo‘ka tumani markazida joylashgan «O‘zbekiston pochtasi» AJ binosida 130 kv.m maydonda «Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi»ni tashkil etish bo‘yicha qurilish-ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan.
Mazkur o‘quv markazida 14 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarga axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish bo‘yicha innovatsion ko‘nikmalar beriladi, shuningdek, axborot texnologiyalari, elektron tijorat, dasturlash va kibersport asoslari bepul o‘qitiladi. Yil davomida qisqa va uzoq muddatli o‘quv kurslarida 430 dan ortiq yoshlarni o‘qitish rejalashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |