“O’qituvchilarning ilg‘or tajribasi va faoliyati qo’llagan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish tartibini tasdiqlash to’g‘risi”


Download 27.39 Kb.
bet1/2
Sana02.02.2023
Hajmi27.39 Kb.
#1146980
  1   2
Bog'liq
ommolashtirish



Ishtixon tumani 60-umumiy o’rta ta’lim maktabiningBoshlang‘ich ta’lim metod birlashmasi rahbari Juraev Latifga shu maktabning Boshlang‘ich ta’limi o’qituvchisi M.T.Jumaboyeva tomonidan
ARIZA
Men, Jumaboyeva Maqsuda Tolliboy qizi O’zbekiston Resupblikasi Xalq ta’limi vazirining 2022 yil 25 avgustdagi “O’qituvchilarning ilg‘or tajribasi va faoliyati qo’llagan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish tartibini tasdiqlash to’g‘risi” gi 279-sonli buyrug‘iga asosan o’qituvchilarning ilg‘or tajribasi va faoliyati qo’llagan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish tartibining 6-bandiga muvofiq ushbu “Erkacholning o‘rigi” mavzusidagi dars ishlanmani ommalashtirishga tavsiya etish uchun o’rganib chiqishingizni so’rayman.
Men o’qituvchilarning ilg‘or tajribasi va faoliyati qo’llagan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish tartibi bilan to’liq tanishib chiqdim va taqdim etayotgan ish uslubim ushbu tartib mezonlari asosida baholanishiga roziman.


Ariza beruvchi: Maqsuda Jumaboyeva
2022 yil 20 oktyabr

Ishtixon tumani Xalq ta’limi bo’limi 60-sonli maktabning Boshlang‘ich ta’lim Metod birlashmasi 2-sonli yig‘ilishning bayonnomasidan


KO’CHIRMA
2022 yil 25 oktyabr 60-sonli maktab
Qatnashdilar: L.Juraev – metod birlashma raisi, metod birlashmaning 7 nafar a’zosi,


KUN TARTIBI

  1. Boshlang‘ich ta’limo’qituvchisi Jumaboyeva Maqsudaning ilg‘or ish tajribasini maktab miqyosida ommalashtirish to’g‘risida;

ESHITILDI:
Yig‘ilishni Metod birlashma raisi L.Juraev ochib berdi. Metod birlashma raisi kirish so’zida yosh avlodni tarbiyalashda, bilim berishda ijodkor va doimiy ravishda o’z ustida ishlaydigan o’qituvchilarning mehnatini qadrlash kerakligini ta’kidladi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan majlisda so’z olgan metod birlashma a’zosi N.Xushvaqtova o’z fikrlari davomida Maqsuda Jumaboyevaning darsni tashkillashtirishda o’quvchilarning yoshiga va ruhiyatiga mos tanlangan metodlarning to’g‘ri qo’llanilganligi, dars mavzusini juda sodda va ravon til bilan o’quvchilarga sindirilganligi hamda sinfda jonli muhit barpo eta olganligini mamnuniyat bilan keltirib o’tdi.
O‘qish darsi – hayot darsi ekanligin inobatga olsak, o’qituvchi M.Jumaboyeva o’quvchilarning qiziqishidan kelib chiqib, mavzuni chiroyli tahlil qilib berdi, hikoyada aytilgan voqealarni hayotga bog‘lab o’quvchilarining fikrini inobatga olingan holda “Sirli uycha” didaktik o‘yinidan o‘tilgan darsni mustahkamlashda qo‘llanildi va butun dars davomida “Umid daraxti” nomli didaktik o‘yinidan foydalanildi.Darsni mustahkamlashda qiziqarli metodlardan foydalandi, - deb ta’kidladi N.Xushvaqtova.
Metod birlashma raisi L.Juraev yig‘ilish davomida har bir darsga alohida tayyorgarlik ko’rish va darsni turli ko’rgazmalar, taqdimotlar orqali tushuntirish yanada samarali bo’lishini ta’kidlab o’tdi.
Yig‘ilishda metod birlashma raisi va a’zolari tomonidan bildirilgan fikrlarni inobatga olib, tajribali o’qituvchi M.Jumaboyevaning ish tajribasini maktab miqyosida ommalashtirish bo’yicha Pedagogik kengashga taqdim etish masalasi bir ovozdan ma’qullandi.
“Qarshilar” – yo’q. “Betaraflar” – yo’q. YUqoridagi fikr-mulohazalar asosida metod birlashma yig‘ilishi
QAROR QILADI:
1.O’qituvchining ilg‘or ish tajribalari yuzasidan bildirilgan fikr mulohazalari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Boshlang‘ich ta’limi o’qituvchisi Maqsuda Jumaboyevaning ilg‘or ish tajribalarini maktab miqyosida ommalashtirish yuzasidan Pedagogik kengashga ko’rib chiqish va muhokama etish uchun kiritilsin.
3.Qaror ijrosini ta’minlash metod birlashma raisi L.Juraev zimmasiga yuklatilsin.



Download 27.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling