“O’qituvchilarning ilg‘or tajribasi va faoliyati qo’llagan zamonaviy metodikalarini ommalashtirish tartibini tasdiqlash to’g‘risi”
Download 27.39 Kb.
|
1 2
Bog'liqommolashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qatnashdi
- QAROR QILADI
- Pedagogik kengash raisi: J.Xudayberdiev Kotiba: F.SHodieva
Metod birlashma raisi: L.Juraev
Kotib: N.Qo‘ziboyev Ishtixon tumani xalq ta’limi bo’limiga qarashli 60-sonli maktabning 5-sonli Pedagogik kengash bayonnomasidan KO’CHIRMA 2022 yil 9 noyabr 60-sonli maktab Rais: Maktab direktori – J.Xudayberdiev Kotib: O’TIBDO’ – T.Norov Qatnashdi: Maktabning 42 nafar pedagogi Qatnashmadi: 1 nafar sababli KUN TARTIBI Maktabda jamoa orasida o’z bilimi, iqtidori, qobiliyati va yaratuchanligi bilan o’rnak ko’rsatgan hamda maktab va tumanda tashkil etilgan tanlovlarda o’quvchilari yuqori natijalarga erishayotgan Boshlang‘ich ta’limi Jumaboyeva Maqsuda Tolliboy qizining ishlarini ommalashtirish to’g‘risida. ESHITILDI: Masala yuzasidan o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari T.Norov so’zga chiqib, ijodkor, talabchan, izlanuvchan, jamoat ishlarida faol o’qituvchilarning ilg‘or ishlarini maktab miqyosida ommalashtirish hamda tuman va viloyat bosqichlariga tavsiya etishni aytib o’tdi. O’qituvchilarning darsda va sinfdan tashqari barcha o’quvchilar bilan birgalikda ishlaydigan jonkuyar va zamonaviy o’qituvchi ekanligi haqida hamkasblar fikr bildirib o’tdilar. O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari T.Norov o’z so’zi davomida fanlar aro integratsiya bugungi ta’limning asosini tashkil etishini, o’zaro bog‘liqlik ta’lim jarayonida o’quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirishga erishish vositasi bo’libgina qolmay, balki aniq pedagogik vazifalarni shakllantirish, bilimlar, malakalar, munosabatlar asosida fan tizimlarini belgilashda muhim omillardan biri ekanligini ta’kidlab o’tdi. “Xalq ta’limi a’lochisi”, birinchi toifali boshlang‘ich ta’limi o’qituvchisi M.Jumaboyeva o’quv fanlari dasturi va darsliklarida uzviylik va uzlkusizlikning ta’minlanishi o’quvchilarining fan asoslarini puxta o’rganishlarida alohida ahamiyat kasb etsa, fanlararo aloqadorlik fanlarning ijtimoiy ahamiyatini yanada oshiradi. Fanlararo bog‘liqlik ta’lim sifatini oshirishga, darslarning qiziqali, mazmunli, tushunarli va noan’anaviy bo’lishiga xizmat qiladi, deb ta’kidladi. Yig‘ilishda maktab rahbariyati va jamoasi tomonidan bildirilgan fikrlar e’tiborga olinib, tajribali o’qituvchilarning ish tajribalarini maktabda ommalashtirish va tuman metodik kengashiga taqdim etish masalasi bir ovozdan ma’qullandi. YUqoridagi fikr-mulohazalar asosida pedagogik kengash yig‘ilishi QAROR QILADI: 1.Maktab O’TIBDO’ T.Norovning tajribali o’qituvchilarning ilg‘or ishlari yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalari ma’lumot uchun qabul qilinsin. 2.Ishtixon tumani Xalq ta’limi bo’limiga qarashli 60-sonli umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi M.Jumaboyevaning ilg‘or tajribalari maktab miqyosida ommalashtirilsin. 3.Ushbu qarorga muvofiq maktab miqyosida ommalashtirlgan ilg‘or ish tajribali o’qituvchilarining metodik mahsulotlari elektron (.pdf)shaklda qaror rasmiylashtirilgan sanadan boshlab bir oy muddatda ommalashtirish platformasiga joylashtirilsin. Pedagogik kengash raisi: J.Xudayberdiev Kotiba: F.SHodieva Download 27.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling