Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishda o‘qituvchi davlat va ijtimoiy buyurtmalarni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar: - Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishda o‘qituvchi davlat va ijtimoiy buyurtmalarni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar:
- Aniq va tabiiy fanlar ta’limi jarayonida talaba – yoshlarni ma’naviy – ahloqiy tarbiyalash, ma’rifiy ishlarning samarali shakllari va usullarini ishlab chiqish va joriy etish;
- Aniq va tabiiy fanlar fanlaridan tashkil etiladigan ta’lim – tarbiya jarayonida innovatsion va axborot kommunikatsiya va texnologiyalaridan foydalanish;
- Aniq va tabiiy fanlar fanlarini o‘qitishda tayyorgarlikning modul tizimidan foydalangan holda o‘qitish jarayonini jadallashtirish;
- Xalqning boy ma’naviy va intellectual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida geografik ta’limning insonparvarlik yo‘nalishini ta’minlash;
- Geografik ta’lim jarayonining o‘quv-metodik majmualar va didaktik ta’minotning yangi avlodi silabusni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
- Milliy mustaqillik prinsiplari xalqning boy intellectual merosi hamda umumbashariy qadriyatlar ustuvorligi asosida geografik ta’limning barcha darajalari va bo‘g‘inlarida talaba – yoshlarning ma’naviy va ahloqiy fazilatlarini rivojlantirish;
- Aniq va tabiiy fanlar ta’limi jarayonida talaba- yoshlar ongi va qalbiga milliy g‘oya va mafkurani singdirish, ta’lim muassasalarida mafkuraviy tarbiyani bugungi kun darajasiga ko‘tarish;
- Ta’lim- tarbiya jarayonida ta’lim va tarbiyani uzviylashtirish, fanlar aro integratsiya orqali ta’lim oluvchilarning barkamolligini ta’minlash, huquqiy, iqtisodiy, ekologik va sanitariya-gigienik ta’limi hamda tarbiyasini takomillashtirish.
- Mazkur buyurtmalar asosida oliy ta’lim muassasalarida aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishda quyidagi zamonaviy yondashuvlar mavjud:
- 1. Aniq va tabiiy fanlarini o‘qitish jarayoniga tizimli yondashuv;
- 2. Aniq va tabiiy fanlarini o‘qitish jarayoniga modulli yondashuv;
- 3. Aniq va tabiiy fanlarini o‘qitish jarayoniga innovatsion yondashuv;
- 4. Aniq va tabiiy fanlarini o‘qitish jarayoniga talabalar shaxsiga yo‘naltirilgan yondashuv.
- Yuqorida qayd etilgan yondashuvlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun avvalo oliy ta’lim tizimida barcha o‘quv fanlari, xususan aniq va fanlardan tashkil etiladigan o‘qitish jarayonini ilmiy – nazariy asoslari bo‘lgan o‘qitish prinsiplari va qonuniyatlarini aniqlashi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |