O'qituvchining nutq madaniyati


Pedagogik nutkning sifatlari. O’qituvchi tomonidan kullaniladigan nutkni ikki gruppaga bo’lish mumkin


Download 105.5 Kb.
bet2/4
Sana19.12.2022
Hajmi105.5 Kb.
#1032692
1   2   3   4
Bog'liq
O\'qituvchining nutq madaniyati

Pedagogik nutkning sifatlari. O’qituvchi tomonidan kullaniladigan nutkni ikki gruppaga bo’lish mumkin :

    1. nutkning to’g’riligini belgilovchi sifatlar;

    2. ta‘lim – tarbiya jarayonini amalga oshiruvchi sifatlar.

O’quvchiga tegishli ta‘sir ko’rsatadigan pedagogik xususiyatlar ikkinchi gruppa nutk sifatiga taalluklidir. Bunga dastavval, nutkning mazmundorligi, uning ravshan, yengil bo’lishi, o’quv materialini tushunarli kilib yetkazish kiradi. Bir mavzudagi o’quv materialini ikki o’qituvchi o’zicha har xil tushuntiradi. Bir o’qituvchining tushuntirishini o’quvchilar yengil va tez anglab oladilar, ikkinchisiniki esa o’zok vaqtgacha ular uchun tushunarli bulmaydi.
Biz quyida pedagogik nutkning sifatlarining bir nechasini kiskacha bayon etamiz:

  1. O’qituvchi nutkining to’g’riligi. O’qituvchi nutkining to’g’riligi uning eng muxim alokaviy fazilatlaridir. Yoki nutkning to’g’riligi xozirgi adabiy til koidalariga, talablariga mosligidir. Adabiy til talablari ko’p tarmokli bo’lgani uchun nutkning to’g’riligi ham bir kancha shartlarni o’z ichiga oladi. U o’zida adabiy tilning fonetik, , talaffo’z, lugaviy so’z yasalishi / grammatik, morfologik, sintaktik / uslubiy talablarni mujassamlashtirgan bo’lishi lozim

  2. O’qituvchi nutkining anikligi . O’qituvchi nutkida murakkab jumlalar, notanish qiyin atamalar bulmasa, u ravshan, tushunarli, anik bo’ladi. Qiyin bulmagan kiska jumlalar bayon etiladigan o’quv materialini tez tushunib olishga yordam beradi. Aniklik nutkning fazilatlaridan biri sifatida mutafakkirlar tomonidan kadimdan uluglanadi. Masalan, Kaykovus : «Ey farzand, so’zning yo’z va orka tomonini bilgin, ularga rioya kilgin, so’zlaganda ma‘noli gapir, bu notiklikning alomatidir. Agar gapirgan vaqtingda so’zning qanday ma‘noga ega ekanligini bilmasang, kushga uxshagaysan», deydi. Nutkning anikligi so’zning narsa va xodisalarda aks etgan borlik belgilari bilan kat‘iy kelishidir. Aniklik ikki xil bo’ladi: 1. Narsalarning anikligi, nutkda aks etgan mavjudlikning narsalar, xodisalar doirasi bilan nutk mazmunining munosabatida ko’rinadi. 2. Nutkda mavjudlikning narsa va xodisalari to’g’ri aks etishi uchun o’zi so’zlayotgan narsalarni yaxshi bilgan bo’lishi lozim.

  3. O’qituvchi nutkining sofligi. O’zbek tilining adabiy normalariga zid, begona, kamchilik va unsurlari bulmagan, axloq talablariga tulik javob beradigan sof nutk deb yuritiladi. Ayrim o’qituvchilar o’z nutklarida ayrim so’zlarni nixoyatda k up ishlatadilar, bunday so’zlar nutkni bo’zadi. Masalan: xup, demak, anovi, masalan, olaylik kabi so’zlar bo’lib, bunday so’zlar kundalik xayotiy muomala uchun kerak. Ammo xaddan tashkari uni takror – takror ishlatish nutk mazmunini bo’zadi.

  4. O’qituvchi nutkining mantikiyligi. O’qituvchi nutkida bayon etilgan fikrlarning kismlari va aloxida fikrlarning o’zaro mutanosibligi mantikiylik deb yuritiladi. Til va tafakko’r o’zaro chambarchas bog’liq. Mantik ilmisiz xakikiy, ijodiy tafakko’r, go’zal va anik nutk bo’lishi mumkin emas. Abu Nasr Forobiy mantik ilmining ahamiyatini bunday bayon qilgan edi : «Grammatika odamlar nutkini to’g’rilagani kabi – u shuning uchun ham vujudga kelgandir, - mantik ilmi ham xato kelib chikishi mumkin bo’lgan joyda tafakko’rni to’g’ri yuldan olib borish uchun aklni to’g’rilab turadi.

  5. O’qituvchi nutkining boyligi. O’qituvchi nutkining boyligi / rang – barangligi / deyilganda, unda ishlatiladigan til vositalarining ko’pligi hamda takrorlanganligi, tinglovchiga ko’rsatgan ta‘siri tushuniladi. O’qituvchining nutki o’rganiladigan mavzuga bog’liq holda, boy va rang – barang bo’lishi lozim. Ko’pgina kishilarning ogzaki nutkida / ba‘zan yozma nutkida ham / ayrim so’zlar ko’p marta takrorlanadi. Nutki yuk so’zlovchi o’z fikrini tinglovchiga yetkaza olmaydi, maksadiga erishmaydi. Bunday o’qituvchilar o’z ustlarida kunt bilan ishlamaganliklaridan, o’zbek tilining imloviy lugatlarini mukammal bilmaganliklaridan darak beradi. Har bir fan o’qituvchisi ona tilining beqiyos boyligini bosiklik, donolik, ishtiyok bilan o’quvchilarga singdira borishi, o’z ona tilisidan baxra olish ishtiyokini o’rgatishi lozim.

Ovozdan foydalanish va nutk texnikasi. O’qituvchilik kasbi bevosita uning ovoz xususiyatlari bilan bog’liq. Yokimli va jarangdor ovozga ega bo’lgan o’qituvchi o’z o’quvchilarini ovozining shiradorligi bilan ham o’ziga maftun etadi. Bunday obruga ega bo’lish uchun o’qituvchi o’z ovozining yanada shiradorligini, yokimliligini oshirish ustida ko’proq gamxurlik qilishi kerak. Buning uchun ovozdan foydalanish va uni yaxshilash texnikasi ustida hamma vaqt o’zluksiz mashk kilib borishi lozim. O’qituvchi ovozida quyidagi xususiyatlar bo’lishi lozim:

  • Jarangdorlik ( tovushning tozaligi va tebranish yorkinligi ).

  • Keng diapazonlik ( ovozning eng pastdan eng yukorigacha bo’lgan darajasi )

  • Xavodorlik ( erkin so’zlaganda yaxshi eshituvchanlikka ega bo’lish ).

  • Ixchamlik, harakatchanlik.

  • CHidamlilik ( o’zok gaplashish qobiliyatiga ega bo’lish ).

  • Karshi tovushlarga nisbatan barqarorlik.

  • Ovozni xayajonli bo’lishi – qanday so’z aytilayotganidan kat‘iy nazar, tinglovchining xulqiga ta‘sir qilish xususiyati.


Download 105.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling