Asosiy iboralar va tushunchalar
- Sertifikatlash (Mahsulotni sertifikatlash) – mahsulotni xususiyatlarini jahon bozorida yoki alohida bir mamlakatda amal qilib turgan xalqaro standartlarga, texnik shartlar va boshqa normativ hujjatlarga mos kelishini tasdiqlovchi tadbir va choralar majmuasidir.
- Sertifikat – bu mahsulotni sertifikatlashdir, mahsulot sifati va havfsizligini o’rnatuvchi va ta’minlovchi normativdir (me’yordir).
3. Mahsulotning sifati – shu mahsulotning mqljallangan maqsadlarda foydalanishga yaroqli ekanligini belgilovchi xususiyatlar yig’indisidir.
Nazorat savollari
- Mahsulot sifati to’g’risida tushuncha.
- Mahsulotning sifat qo’rsatkichlari va mahsulotning sifat darajasini aniqlash
usuli.
- Mahsulotni sertifikatlash nima?
- Mahsulot sifatini oshirishning iqtisodiy samaradorligi.
VIII - BOB. KORXONA MULKI VA MULKDAN FOYDALANISH
8.1. Mulk va mulkiy munosabatlar
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasida qo’rsatilishicha: “Bozor munosabatlarini rivojlantirishiga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma xil shakldagi mulk tashkil etadi”. Korxona mulkini uning mustaqil balansida aqs etadigan asosiy fondlari va oborot mablag’lari qiymati va boshqa boyliklar tashkil etadi. Korxona to’g’risidagi qonuniy xujjatlarga qo’ra qo’yidagilar korxona mol-mulkini tashkil etuvchi manba’lardir:
|