O’qo’v qo’llanma Oliy o’quv yurtlararo ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash Prezidiumi tomonidan nashr etishga tavsiya qilingan


I-BOB. KORXONA IQTISODIYOTI FANINING MOHIYATI VA VAZIFALARI


Download 0.59 Mb.
bet2/123
Sana05.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1275370
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Bog'liq
Korxona iktisodiyoti. E.Egamberdiyev

I-BOB. KORXONA IQTISODIYOTI FANINING MOHIYATI VA VAZIFALARI
1.1.Korxona iqtisodiyoti fanining mohiyati va uni o’rganishning
zaruriyati, ahamiyati
Agar jamiyat xayoti rivojining xal qiluvchi sohasi iqtisodiyot bo’lsa, bunda korxonalar iqtisodiyoti muhim o’rin tutadi. Bunga sabab, xal qiluvchi dastlabki ishlab chiqarish bo’g’inida moddiy ne’matlar yaratiladi va turli xildagi xizmatlar bajariladi. Natijada kishilarning moddiy va ma’naviy talablari qondirilib jamiyatning rivoji yangi sifat darajasiga ko’tariladi.
SHaxsan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakatimiz obrq-e’tiborini xalqaro miq’yosida ko’tarish, chet el investitsiyasiga keng yo’l berish, xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, iqtisodiyotni erkinlashtirish, korxonalar o’rtasida raqobat muhitini yaratish, yakka xokimlikni kamaytirish borasida, mulkdorlar sinfini yaratish, mulkka egalik qilish xissini uyg’otish kabi ko’pgina sohalarda katta ishlarni amalga oshirib kelmoqdalar. Xukumatimiz tomonidan keyingi yillarda qabul qilingan Qonunlar, Qaror va Farmonlar bunga yaqqol misol bo’la oladi.
Respublikamiz iqtisodiyotini xar tomonlama mustaxkamlash, shu sohadagi muammolarni oqilona xal etish – turli xildagi firmalar, korxona va xqjaliklarda
mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish, resurslarni foydali maqsadlarda oqilona taqsimlash, ulardan umumiy foydalanish, iqtisodiy jarayonlar, xodisa va voqealarning
o’zgarishiga baho berish usullarini puxta o’rganish bo’yicha bilimlar talab qiladi.
Respublikamiz Prezidenti I.Karimov fikricha: «Ishlab chiqarishning rivojlanish darajasini baholash»… bozor sharoitiga mos bo’lishi kerak, ya’ni eski uslub va mezonlar bilan bugungi rivojlanish darajasini baholash mutlaqo mumkin emasligiga alohida e’tibor
berish lozim».
«Korxona iqtisodiyoti» fani firma va korxona turlari, ularning tuzilishi, tarkibi, tarmoq xususiyatlari, korxonalarning bozor sharoitidagi yashash muhiti, amaliyotga bog’liq xolda, ishlab chiqarish tajribalarini umumlashtirgan xolda kapital va undan foydalanish samaradorligi va uni baholash, ishlab chiqarish strategiyasini aniqlash, yangi mahsulotlarni yaratish, mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirish, mehnat unumdorligi va ish haqi, barcha turdagi resurslardan foydalanishda maksimal darajadagi samaradorlikni ta’minlab eng yuqori foydaga erishish yo’llari haqida bilimlar beradi. Ushbu fanning mohiyati ham shundadir.
Ma’lumki ishlab chiqarishning barcha elementlari – xom ashyo, materiallar, yoqilg’i, energetika resurslari, mehnat resurslari (malakali kadrlar), texnika va texnologiyalarga inson mehnati ta’sir etmasa xarakatsiz o’z joyida qoladi. SHuning uchun ulardan foydalanib ishlab chiqarishni yoki xizmat ishlarini bajarishni tashkil etish lozim bo’ladi. Mehnat maxsuldorligi (samaradorligi)ni - ma’lum sharoitlarda ishlab chiqarishni boshqarish, rejalashtirish, tashkil etish darajasi xal etadi.
Korxona iqtisodiyoti fanini o’rganishda respublikamiz iqtisodiyotini rivojlanishining hozirgi shart-sharoitlari, turli xil tarmoqlarning o’zaro uzviy bog’liqligi,
ularning xususiyatlariga, korxonalarni mulk shakllari bo’yicha ajratilishiga, mulkdan foydalanishga bo’lgan munosabatlariga katta ahamiyat beriladi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling