O’qo’v qo’llanma Oliy o’quv yurtlararo ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash Prezidiumi tomonidan nashr etishga tavsiya qilingan


Korxona iqtisodiyoti fanining maqsadi – moddiy ne’matlar qaerda, qanday sharoitlarda, kimlar tomonidan, qanday texnologiya, xom ashyo va materiallar


Download 0.59 Mb.
bet4/123
Sana05.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1275370
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Bog'liq
Korxona iktisodiyoti. E.Egamberdiyev

Korxona iqtisodiyoti fanining maqsadi – moddiy ne’matlar qaerda, qanday sharoitlarda, kimlar tomonidan, qanday texnologiya, xom ashyo va materiallar
ishtirokida bunyod etilishini va etkazilishi kerakligini, maksimal foyda olish va uni qanday taqsimlash zarurligini o’rgatishdir. Bular hammasi korxona va tarmoqlar
xususiyatidan kelib chiqadi va fanning mohiyatini qo’rsatadi. Ushbu fanda sanoat yoki iqtisodiyotimizni bir butun yagona xqjalik organizmi sifatida rivojlanishining umumiy
qonuniyatlarini hisobga olish, yuzaga chiqarish zarur bo’ladi.
Masalan, qiymat qonuni mahsulotni unga qilingan xarajatlarni hisobga olgan bahoda sotilishini talab etadi. Xayotda kishilar tovar qiymatiga emas bahosiga duch keladilar. Tovar bahosi tovar qiymatining qo’rinishidir, qiymat qonunini amalda qo’llanilishidir. Bundan bahoni shakllanish mexanizmini yaxshi bilish, bahodan iqtisodiyotni boshqarishda foydalanish zaruriyati kelib chiqadi. Mehnat unumdorligini oshirib borish qonunini buzulishi esa muomalada «ortiqcha pullarni» keltirib chiqaradi, pul muomalasi (xarakati) buziladi, mahsulot kamyobligi paydo bo’lib, talab qondirilmay qoladi. Demak, iqtisodiyotning har qanday bo’g’inlarida iqtisodiy qonunlar va bozor qonunlari talabiga rioya qilish lozim bo’ladi.
SHunday qilib iqtisodiy faoliyat moliyani vujudga keltiradi.
Moliya – bu iqtisodiy kategoriya bo’lib, xqjalikning barcha sohalarida pul munosabatlarini xosil qilish, ularni taqsimlash va ishlatish jarayonidagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalaydi. Mazkur jarayonda iqtisodiy faoliyat ustivor ahamiyatga ega, ya’ni u pul bo’lishini talab qiladi. Buning uchun tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ishlarini bajarishni yo’lga qo’yish, rivojlantirish zarurdir. Tovrlar va xizmatlar taqsimlangandan sqng iste’mol qilinadi hamda qiymat shaklida turli xil maqsadlarni

mqljallagan pul resurslari xosil bo’ladi, shuningdek bu pul tovarlarga ayirboshlanadi, pirovardida iste’mol qondiriladi. Tovar ishlab chiqarish uchun sarflangan mehnat qurollari qiymatini ifodalovchi yillik amartizatsiya mablag’lari, yig’ilib boradi va moliyaviy resursga aylanadi.
Pul resurslari – moliyaviy munosabatlarning ob’ektidir. SHuning uchun ushbu korxona iqtisodiyoti fanining boshqa, ijtimoiy-iqtisodiy fan sohalarida tutgan o’rni va, ahamiyati be’qiyosdir. Uni o’rganish esa ob’ektiv zaruriyatdir.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling