O’qo’v qo’llanma Oliy o’quv yurtlararo ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash Prezidiumi tomonidan nashr etishga tavsiya qilingan


Har qanday fanga qxshash iqtisodiyot ham o’zi o’rganadigan qonun va qonuniyatlarni aniqlash uchun ma’lum xil usullardan foydalanadi


Download 0.59 Mb.
bet6/123
Sana05.04.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1275370
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123
Bog'liq
Korxona iktisodiyoti. E.Egamberdiyev

Har qanday fanga qxshash iqtisodiyot ham o’zi o’rganadigan qonun va qonuniyatlarni aniqlash uchun ma’lum xil usullardan foydalanadi.
Haqiqiy xayotimiz katta miqdordagi xilma-xil xodisa va jarayonlardan tashkil topgan. Masalan, har bir kishining bo’yining uzunligi, sochining rangi, og’irligi,
ko’z tuzilishi, uning rangi, turli xil narsalarga qiziqishi, tovarlarni iste’mol qilishdagi ta’bi, didi, daromadining darajasi bor. Lekin bu xususiyatlar har kimda har xil.
Agar supermarket magaziniga kirgan kishilarning xatti-xarakatini o’rganadigan bo’lsak, u holda bizga uning xususiyatlarini keragi bo’lmaydi, bizni
haqiqatda shu kishilar qaysi tovardan qancha miqdorda xarid qilishlari mumkinligi qiziqtiradi. Masalan, boshqa misol olsak, firmaning bozordagi xatti-xarakatini o’rganadigan bo’lsak, u holda bosh menedjerning oila a’zolari yoki uni ishga qanday mashinada borishi bizni qiziqtirmaydi. Biz uchun eng muximi - shu firma (yoki korxona)


qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqaradi, bunda u qancha xarajat qiladi va natijada qancha daromad oladi degan masaladir.
Yuqoridagi fikrlardan xulosa qiladigan bo’lsak, biz o’rganmoqchi bo’lgan xodisalarni tasodifiy va vao’tinchalik va hozircha ahamiyati bo’lmagan xususiyatlardan (omillardan) tozaladik, ularni hisobga olmadik. Masalaning mohiyatini ifodalovchi jarayonlarni umumlashtirib, tartibga soldik. Bunday o’rganish usulini ilmiy abstraktsiya usuli deb ataladi. SHu usul yordamida yuzaga chiqarilgan qonuniyatlarni amaliyotda qo’llash, chunki ular faqat bir kishini yoki firmaning xatti-xarakatini emas, balki aniq bir sharoitdagi har qanday sub’ektlarning xatti-xarakatini qo’rsatadi. Bunday xatti- xarakatlarni turlicha vao’tlarda (kun, oy, yil) kuzatish va turlicha natijalar olish mumkin. Bunda statistik usullardan, dinamik qatorlarni taxlil qilish usullaridan foydalangan bo’lamiz. Bunday usulda olingan axborotlar vao’t omilini ifoda etadi.
Iqtisodiyotda analiz va sintez usullari keng ishlatiladi. Analiz (taxlil) usulida o’rganiladigan ob’ektni bo’laklarga bo’lib, alohida-alohida o’rganilsa, sintez usulida ular haqidagi axborotlarni umumlashtirib, umumiy xulosalar qilamiz.
Xodisalarni taxlil qilishda pozitiv va normativ taxlil usullari ham ishlatiladi. Pozitiv yondoshuv voqealarni real xolatini ifoda etadi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling